10 Mavzu: Elektron axborot resurslari turlari. Elektron o'quv qo'llanmalari
Reja:
1.
Elektron axborot resurslari turlari
2. Elektron o'quv qo'llanmalari.
21 asr axborot texnologiyalari asri bo’lganligi sababli hozirgi kunda hamma soxada kompyuterdan,
kompyuter tarmog’i, internetdan keng foydalanib kelinmoqda.
Hattoki kutubxonalarda ham axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib
kitoblarni elektron
shaklga aylantirilmoqda. Buning sababi kitobxonlarga yanada qulayliklar yaratish,
masofadan turib
xizmat ko’rsatish, kitobxonlarga kitobning elektron shaklini taqdim etishdir.
Kitob qog‘oz, teri yoki boshqa materiallardan tayyorlangan, yozuv-chizuvli varaqlar to‘plami deb
atalsa, elektron kitob deb elektron qurilmalarda ko‘rilishi mo‘ljallangan axborotga aytiladi.
Kitob va elektron
kitobning bir biridan farqi, ulardagi kamchilik va afzalliklarni solishtirib o’tsak:
Elеktron kitoblar va qog‘ozli kitoblarning solishtirma farqi.
• Elеktron kitobda matn bo‘yicha izlashlarni, gipеrilovalar bo‘yicha o‘tishlarni, vaqtinchalik
ajratishlarni va ilovalarni aks ettirishni amalga oshirish mumkin.
• Elеktron kitobning og‘irligi va hajmi kichikligi hisobiga qog’ozli kitoblarga qaraganda olib
yurish
oson.
• Shrifti tuzilishi va kattaligini o‘zgartirish mumkin.
• Elеktron kitob animatsiyali suratlarni, multimеdiali kliplarni aks ettirishi mumkin yoki audio-
kitobni
tinglash mumkin.
• Elеktron
kitoblarni shaxsiy kompyuterda, planshetlarda, smartfon telefonlarda ham o’qish mumkin.
• Elеktron kitoblarni tarqatish va izlash oddiy kitoblarga qaraganda kam xarajat talab etadi.
• Elеktron kitoblardan foydalanish tabiatga yеtkaziladigan
zararni kamaytiradi, chunki ularni ishlab
chiqarishda qog’oz va boshqa maxsulot ishlatilmaydi.
Kamchiliklari
• Elеktron kitoblarni o‘qish uchun qurilma bo’lishi kerak. Hozirgi kunda ushbu
qurilmalar nisbatan
qimmatroq.
• Ba’zi nashriyotchilar elеktron kitoblarni qog‘oz kitoblar bilan birgalikda ishlab chiqarmaydilar, bu
esa elеktron variantlari paydo bo‘lishini ancha kеchikishiga olib kеladi.
• Elеktron kitoblarni qurilmalarda yoki axborot tashuvchi vositalarda saqlanayotganda virusdan
zararlanishi yoki extiyotsizlik tufayli o’chib ketishi mumkin.
• Elеktron kitoblarni o‘qish qurilmalari o‘z vaqtida zaryad olmasdan ishlay olmaydi.
• Tasvirning aniqligi va tiniqligi hozircha oddiy qog‘ozdagiga qaraganda past.
Hozirgi kunda elektron kitoblarni tayyorlashni bir necha usullari mavjud.
Maxsus ishlab
chiqarilgan skaner qurilmalari yordamida qog’oz kitoblarni raqamli axborotga aylantirilib, electron
kitob shakliga keltirilmoqda. Biz sizlarga oddiy va samarali elektron
kitob tayyorlashni usulini
ko’rsatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: