1. Analog signal va raqamli axborot Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi Axborot
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli axborot xizmati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga topshiriq
- 2. Audio va video fayllarni yaratish
Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo
bo’ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi. - File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so’ngida qo’llaniladi, chunki uning ko’pchilik funktciyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog’liq.. - Edit – bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan. - Image – menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko’pgina amallarda qo’llaniladi. - Layer – qavatlar bilan ishlash. - Select – rasm qismini ajratish va o’zgartirish. - Filter – bu menyuda filtrlar ko’rsatilgan bo’lib, bir qancha funktciyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo’shimcha modullaridir. - View –interfeysni sozlashning turli ko’rinishi bo’lib, foydalanuvchi o’ziga mos ravishda qo’llaydi. Takrorlash uchun savollar 1. Tasvirlar bilan qaysi dasturlar ishlaydi? 2. Adobe Photoshop dasturining vazifasi ? Uyga topshiriq Photoshop dasturini o’rganish. 8 Mavzu: Audio axborotlar xususiyatlari va ularni qayta ishlash Reja: 1. Audio axborotlar xususiyatlari va ularni qayta ishlash 2. Audio va video fayllarni yaratish Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedianing ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. muayyan vaqtdagi ish,o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati , operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar , televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi. Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni , yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi. Audio (lot. audio – «eshitmoq») – ovoz texnologiyasiga ta’luqli bo‘lib, tashuvchilarga yozilgan ovoz, tovush, bundan tashqari ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari tushuniladi. Multimediali axborotning audio komponenti ovozli ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Multimedianing audio komponentasi tarkibiga ko‘ra musiqaviy ovoz va nutq ovoziga klassifikatsiyalanadi. Ovozni baholashda ikki asosiy ko‘rsatkich mavjud: 1) ovoz chastotasi; 2) va uning intensivligi, kuchi. Ovoz chastotasi gersda o‘lchanadi, 1 gers sekundiga bir marta tebranishni bildiradi. Ovoz kuchi detsibelda o‘lchanadi. Ovoz spektorini olib qaraganda eshitish oralig‘i 20 dan 20000 gersgacha, infrazvuk (20 gersgacha) va ultrazvuk – 20000 gersdan yuqori. Musiqali ovoz quyidagi xarakteristikaga ega: • chastotasi odatda 16 dan 4500 Gs gacha; • tembr, ovoz manbasidan kelib chiqadi; • balandlik, og‘riq chegarasidan oshmaydi; • davomiylik. Nutq ovozi inson ovoz paylari yordamida paydo bo‘ladi. Nutq ovozi shovqin va tondan iborat: nutq ovozi toni ovoz paylarining harakatlanishidan kelib chiqadi; shovqin o‘pkadan chiqadigan havo oqimining ovozga kelib qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Nutq ovozining asosiy harakteristikasi ton xisoblanadi. Nutq ovozining bu harakteristikasi signaldagi chastotani aniqlaydi. Turli insonlarning nutq ovozi chastotasi turlicha bo‘ladi va u 50-250 Gs oraliqda aniqlanadi. Axborotning audio ma’lumoti analogli va raqamli ko‘rinishda bo‘ladi. Multimedia texnologiyalari ovozning raqamli qiymatlarini qayta ishlaydi. Audio fayllar formatlarda klassifikatsiyalanib, formatlarning ba’zilari yo‘qotishlar bilan ba’ziladi esa yo‘qotishlarsiz amalga oshiriladi. Yo‘qotishlarsiz amalga oshiriladigan formatlash ovoz qiymatlarini butunligicha saqlagan holda diskretlashtiradi. ARO‘ va RAO‘ ishlash prinsipi bosqichlari: 1. Diskretlash- bu analogli signalni diskret qiymatlar ketmaketligi shakliga utkazish. 2. Kvantlash- diskret qiymatlar ketma-ketligini kodlash jarayoniga tayyerlash. 3.Kodlash-rakamli qiymatlarni mashina kodiga utkazish. RAU bosqichlari: 1. Dekodlash- mashina kodidan diskret qiymatlar shkalasini hosil qilish. 2. Tiklash- analog signalga o‘tish. Audiokodek - bu dasturiy ta’minot yoki apparat vositasi bo‘lib, ovozli ma’lumotlarni siqish uchun xizmat qiladi. Inson eshitmaydigan axborotlarni olib tashlaydi. Yo‘qotishlar bilan amalga oshiriladigan kodek: MPEG-1 Layer 3 ili MP3; Ogg Vorbis; WavPack. Yo‘qotishsiz kodeklashga misol: FLAC; WavPack; TTA. Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin bo’ladi. WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati. MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo’llaniladi. MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format. AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling