2 mavzu: Skanerlar turlari va ishlash prinsiplari. Skanerlash va raqamli axborot
yaratish
Reja:
1. Skanerlar turlari va ishlash prinsiplari
2.
Skanerlash va raqamli axborot yaratish
Kompyuterning deyarli har bir foydalanuvchisi qog‘oz shaklidagi hujjatlarni elektron
shaklga
almashtirish muammosiga duch keladi. Biroq axborotni qo‘lda kiritish protsedurasi
ulkan vaqtni oladi
va xatoliklar tug‘ilishi mumkin. Bundan tashqari qo‘lda tasvirlarni emas, balki faqat matnlarni kiritish
mumkin. Buning iloji skaner bo‘lib,
u kompyuterga rasmlarni ham, matnli
hujjatlarni ham kiritish
imkonini beradi
Skanerlar qog‘ozdan, plyonkadan yoki boshqa qattiq tashuvchilardan “analogli”
matnlarni
yoki rasmlarni o‘qiydi va ularni raqamli formatga o‘tkazadi. Ular hamma yerda: ulkan hujjatlar arxivi
ishlab
chiqiladigan katta idoralarda, nashriyotlarda va loyixalash –
konstruktorlik idoralarida,
shuningdek, unchalik katta bo‘lmagan firma va uy-offislarda qo‘llanadi. Skanerlarning qo‘llanish
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, ularning turlari ham shunchalik ko‘pdir.
Skanerning bahosi bir necha
o‘n dollardan bir necha o‘n minglab dollargacha bo‘lishi mumkin, optik
ajratish qobiliyati bir
dyuymga 100 dan 11000 nuqtagacha (inglizcha dpo, dot per inch) skanerlash tezligi esa 1-2 dan 80
b/min mingacha bo‘lishi mumkin. U yoki bu aniq vazifalarni bajarishi uchun har qanday rusum ham
qo‘llana olmaydi. Odatda, skanerning yaroqliligi uning texnik parametrlari majmui: konstruktiv toifasi,
formati, ajratish qobiliyati, rang chuqurligi, optik zichliklar diapazoni va h.k.bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: