1. Analog signal va raqamli axborot Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi Axborot


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana24.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1293131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Raqamli axborot xizmati

 
Takrorlash uchun savollar 
1. Raqamli kamera nima? 
2. Mikrofonning vazifasi? 
Uyga topshiriq 
Raqamli kameralar haqida ma’lumot to’plash 


4 mavzu: Raqamli axborot saqlovchilari: Kompakt disklar, Kompakt diskka 
ma'lumot yozish va undan o'qish texnologiyasi 
Reja: 
1. Raqamli axborot saqlovchilari: Kompakt disklar
2. Kompakt diskka ma'lumot yozish va undan o'qish texnologiyasi 
CD disklar–bu “Compakt Disk” so’zlarining bosh harflaridan olingan 
nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, yumaloq 
disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt 
hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot disk o’quvchi qurilmaning lazer nuri yordamida 
yoziladi va o’qiladi. 
DVD disklar–bu “digital video disk” so’zlarining bosh harfidan iborat 
nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 Gbayt hajmga ega bo’lib, CD 
disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin. 
Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o’qish 
va saqlash xususiyatiga ega bo’lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish 
imkoniyatiga ega. 
Hozirgi kunda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular
CD-RW va DVD-RW ko’rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga
axborotlarni yozish, o’chirish va qayta yozish mumkin.
Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko’proq ma’lumot saqlash imkoniga
ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo’lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki
700 Mbni tashkil etadi, ya’ni unga taxminan 500 marta qo’proq ma’lumot yoziladi. 
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o’qish uchun kompyuterga maxsus qurilma- 
CD-ROM (Compact disk only memory) drive o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o’qish uchun kompakt diskni qurilmaga
o’rnatish kerak. Buning uchun CD-ROM qurilmasining openG’eject tugmasini bosib,
lotok ochilganidan keyin, unga diskni o’rnatib, openG’eject tugmasini takroran bosish
zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma’lumotlarni o’qish jarayoni boshlanadi. Windows
operatsion sistemasida o’rnatilgan diskdagi ma’lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va 
u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi:
Taklif oynasining mazmuni o’rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog’liq
bo’ladi.
Diskda audio va video ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ularni biror dasturda
ochish, rasm bo’lsa, ko’chirish yoki chop etish taklif qilinadi.
Diskdagi ma’lumotlarni ko’cherish xuddi disketadan ko’chirishdek amalga
oshiriladi.
Diskka ma’lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer
o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bunday qurilmada ma’lumotlarni maxsus turdagi
disklarga yozish mumkin-CD-R (Record able –bir marta yozib, cheksiz o’qish mumkin)
va CD-RW (Rewrite able–bir necha marotaba yozish va o’chirish mumkin).
Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows XP operatsion sistemasi
vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini
ko’chirish, o’cherish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun 
maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, Masalan Ahead Nero Bur ning ROM 
dasturidan.


Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o’rniga yangi-DVD (Digital Versatile disk -
raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda.
Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli video ma’lumotlar yozilgan bo’lib,
tasvir va ovoz sifati ko’rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo’lgan.
Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma’lumotlarni ham yozishda
foydalanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi
o’rnatilgan bo’lishi kerak.
DVD disklarning hajmi ularning turiga bog’liq bo’ladi:
- Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk 4,7 Gb
- Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk 8,5 Gb
- Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk 9,4 Gb
- Ikki tomonlama har tomonida ikkitadan qatlamga ega DVD disk 17 Gb
O’zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar
mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Pioneer, Liteon.
Nero dasturi Windows operatsion tizimda ishlaydigan kompyuterga xizmat
ko’rsatuvchi dasturlarga kiradi. Nero dasturi Windows ning bosh menyular
bo’limi yordamida ishga tushuriladi. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligi
yordamida ishga tushuriladi.
Pusk Vse Programmo’ Nero Nero express
Natijada Nero express oynasi paydo bo’ladi. U quyidagi to’rta panellar
yordamida ishga tushuriladi.
1. CD yoki DVD disklariga ma’lumotlar yozish uchun (Danno’e) tanlanadi.
a) CD disklarga ma’lumotlr yozish uchun data CD tanlanadi.
b) DVD disklariga ma’lumotlar yozish uchun (DVD s danno’m) tanlanadi. 
2. CD yoki DVD disklariga musiqali ma’lumotlar yozish uchun (Muzo’ka)
tanlanadi
a) Standart Audio CD
b) Standart Audio DVD
c) Ixtiyoriy CD disklarida Mp3, WMA formatda yozish.
d) Ixtiyoriy DVD disklarida Mp3, WMA formatda yozish. 
Shu narsaga e’tibor berish kerakki hosil qilinayotgan fayl va papklalar
nusxalari hajmi disk hajmidan oshib ketmaslik kerak. Aks holda diskka
tanlangan obekt yozilmaydi. Bu oynadan dalee tugmasi bosiladi. 
Diskka nom berish uchun Moy disk maydoniga nom yoziladi kerakli
parametrlar o’zgartirilib Zapis tugmasi bosiladi. 
Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu oynada diskka ma’lumot yozish
jarayoni kuzatiladi. Diskka ma’lumotlar yozilib bo’lgandan so’ng yozilganlik
haqida ma’lumot chiqaradi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling