1. Analog signal va raqamli axborot Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi Axborot
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli axborot xizmati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 mavzu: Raqamli axborot saqlovchilari: Kompakt disklar, Kompakt diskka malumot yozish va undan oqish texnologiyasi Reja
Takrorlash uchun savollar 1. Raqamli kamera nima? 2. Mikrofonning vazifasi? Uyga topshiriq Raqamli kameralar haqida ma’lumot to’plash 4 mavzu: Raqamli axborot saqlovchilari: Kompakt disklar, Kompakt diskka ma'lumot yozish va undan o'qish texnologiyasi Reja: 1. Raqamli axborot saqlovchilari: Kompakt disklar 2. Kompakt diskka ma'lumot yozish va undan o'qish texnologiyasi CD disklar–bu “Compakt Disk” so’zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, yumaloq disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot disk o’quvchi qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o’qiladi. DVD disklar–bu “digital video disk” so’zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 Gbayt hajmga ega bo’lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin. Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o’qish va saqlash xususiyatiga ega bo’lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko’rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o’chirish va qayta yozish mumkin. Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko’proq ma’lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo’lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mbni tashkil etadi, ya’ni unga taxminan 500 marta qo’proq ma’lumot yoziladi. Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o’qish uchun kompyuterga maxsus qurilma- CD-ROM (Compact disk only memory) drive o’rnatilgan bo’lishi kerak. Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o’qish uchun kompakt diskni qurilmaga o’rnatish kerak. Buning uchun CD-ROM qurilmasining openG’eject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o’rnatib, openG’eject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma’lumotlarni o’qish jarayoni boshlanadi. Windows operatsion sistemasida o’rnatilgan diskdagi ma’lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o’rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog’liq bo’ladi. Diskda audio va video ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ularni biror dasturda ochish, rasm bo’lsa, ko’chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi ma’lumotlarni ko’cherish xuddi disketadan ko’chirishdek amalga oshiriladi. Diskka ma’lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bunday qurilmada ma’lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin-CD-R (Record able –bir marta yozib, cheksiz o’qish mumkin) va CD-RW (Rewrite able–bir necha marotaba yozish va o’chirish mumkin). Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows XP operatsion sistemasi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini ko’chirish, o’cherish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, Masalan Ahead Nero Bur ning ROM dasturidan. Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o’rniga yangi-DVD (Digital Versatile disk - raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli video ma’lumotlar yozilgan bo’lib, tasvir va ovoz sifati ko’rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma’lumotlarni ham yozishda foydalanilmoqda. Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o’rnatilgan bo’lishi kerak. DVD disklarning hajmi ularning turiga bog’liq bo’ladi: - Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk 4,7 Gb - Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk 8,5 Gb - Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk 9,4 Gb - Ikki tomonlama har tomonida ikkitadan qatlamga ega DVD disk 17 Gb O’zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Pioneer, Liteon. Nero dasturi Windows operatsion tizimda ishlaydigan kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi dasturlarga kiradi. Nero dasturi Windows ning bosh menyular bo’limi yordamida ishga tushuriladi. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligi yordamida ishga tushuriladi. Pusk Vse Programmo’ Nero Nero express Natijada Nero express oynasi paydo bo’ladi. U quyidagi to’rta panellar yordamida ishga tushuriladi. 1. CD yoki DVD disklariga ma’lumotlar yozish uchun (Danno’e) tanlanadi. a) CD disklarga ma’lumotlr yozish uchun data CD tanlanadi. b) DVD disklariga ma’lumotlar yozish uchun (DVD s danno’m) tanlanadi. 2. CD yoki DVD disklariga musiqali ma’lumotlar yozish uchun (Muzo’ka) tanlanadi a) Standart Audio CD b) Standart Audio DVD c) Ixtiyoriy CD disklarida Mp3, WMA formatda yozish. d) Ixtiyoriy DVD disklarida Mp3, WMA formatda yozish. Shu narsaga e’tibor berish kerakki hosil qilinayotgan fayl va papklalar nusxalari hajmi disk hajmidan oshib ketmaslik kerak. Aks holda diskka tanlangan obekt yozilmaydi. Bu oynadan dalee tugmasi bosiladi. Diskka nom berish uchun Moy disk maydoniga nom yoziladi kerakli parametrlar o’zgartirilib Zapis tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu oynada diskka ma’lumot yozish jarayoni kuzatiladi. Diskka ma’lumotlar yozilib bo’lgandan so’ng yozilganlik haqida ma’lumot chiqaradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling