1. Analog signal va raqamli axborot Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi Axborot
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli axborot xizmati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn korinishidagi axborotlarni raqamlashtirish 2. Matnni tanish dasturlari
Takrorlash uchun savollar
1. Adabiyotlarni qanday identifikatsiyalanadi? 2. RFID nima? Uyga topshiriq Adabiyotlarni identifikatsiyalashni o’rganish 6 Mavzu: Matn ko'rinishidagi axborotlarni raqamlashtirish. Matnni tanish dasturlari. Matn tahrirlagichlari Reja: 1. Matn ko'rinishidagi axborotlarni raqamlashtirish 2. Matnni tanish dasturlari FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir. Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki jadval ko`rinishida bo`ladi. FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir – biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga uzatish imkoni ham mavjud. FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY FineReader Corporate Edition buyrug‘ini tanlaymiz. FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz: 1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va boshqa menyulardan tashkil topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket ochish, xotirada saqlash, skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar mujassamlashgan 2. Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib, menyu tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida chiqarib qo`yilgan. Ushbu uskunalardan foydalanib yangi oyna ochish, ob`ektlarni 900 chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish, uzatish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin 3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari (4-rasm) – bunda skanerlangan ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi. Shu erdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi. eskizda tanlangan bet dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug‘iladi . 4. Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi. Oynada ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni turli ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida aniqlanadi. Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi. Masalan ma`lumotimiz tekst bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab ishchi oynadagi tekst ajratilib belgilanadi. Shu tarzda skanerlangan barcha betlardagi ma`lumotlarni eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni asosiy ishchi oynada uskunalar paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling