1. Analog signal va raqamli axborot Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi Axborot


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana24.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1293131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Raqamli axborot xizmati

Skanerlarni ulash interfeyslari. 
Stol usti skanerlarining barcha zamonaviy rusumlari kompyuterga ulanish uchun ushbu 
interfeysdan foydalanadi: parallel port, SCSI va USB. 
Parallel port. 
Bu interfeys quyi darajali interfeyslarda qo‘llaniladi. IEEE 1284 standartiga mos portlardan ( 
ECP va EPP portlaridan) foydalanilganda ma’lumotlarni uzatish tezligi ortadi. Barcha kompyuterlarda 
parallel port borligi uchun bu interfeysli skanerlar universaldir. 
Parallel ulanishli skanerlar bir qator muhim kamchiliklarga ega. Birinchidan, parallel portga bir 
vaqtda ulangan skaner va printer yoki boshqa qurilmaning ( zip, LS-120 yoki CD-R/CD-RW) 
me`yoriy ishlashi har doim ham ta`minlayverishiga erishib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ma`lumotlarni 
uzatish tezligi parallel port tezligi bilan cheklangan. Sizning kompyuteringizda yangi ECP yoki EPP 
portlar o‘rnatilgan bo‘lsa ham, ular SCSI yoki USB interfeysidan foydalanilgandagi kabi ma`lumotlar 
uzatish tezligiga erisha olmaydi. Skanerni bunday ulash tipidan biror-bir sabablarga ko‘ra boshqa 
interfeyslardan foydalanish iloji bo‘lmaganidagina foydalanish mumkin. 
SCSI interfeysi 
SCSI interfeysiga turli qurilmalarni, shu jumladan, skanerlarni ham ulash mumkin. Bu ulash usuli 
ma`lumotlarni qoniqarli uzatish tezligini ta`minlaydi. SCSI-adapterlarining zaruriy platalari skaner bilan 
birgalikda sotiladi. 
USB interfeysi 
So‘nggi vaqtlarda USB shinasi, ayniqsa uni Windows 9x operatsion tizimini qo‘llaydigan qilinganidan 
so‘ng juda ommalashdi. Bu ulanish tipi ko‘p tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchiga juda qo‘l keladi – 
kabelni ulansa bo‘ldi, tizimning o‘zi barcha zaruriy dasturiy ta`minotni mustaqil o‘rnatadi. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Skanerlarni qanday turlarini bilasiz? 
3. Skanerning ishlash ta’moillari nimalardan iborat? 
Uyga topshiriq 
Raqamli axborot yaratishni o’rganish 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling