Skanerlarni ulash interfeyslari.
Stol usti skanerlarining barcha zamonaviy rusumlari kompyuterga ulanish uchun ushbu
interfeysdan foydalanadi: parallel port, SCSI va USB.
Parallel port.
Bu interfeys quyi darajali interfeyslarda qo‘llaniladi. IEEE 1284 standartiga mos portlardan (
ECP va EPP portlaridan) foydalanilganda ma’lumotlarni uzatish tezligi ortadi. Barcha kompyuterlarda
parallel port borligi uchun bu interfeysli skanerlar universaldir.
Parallel ulanishli skanerlar bir qator muhim kamchiliklarga ega. Birinchidan, parallel portga bir
vaqtda ulangan skaner va printer yoki boshqa qurilmaning ( zip, LS-120 yoki CD-R/CD-RW)
me`yoriy ishlashi har doim ham ta`minlayverishiga erishib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ma`lumotlarni
uzatish tezligi parallel port tezligi bilan cheklangan. Sizning kompyuteringizda yangi ECP yoki EPP
portlar o‘rnatilgan bo‘lsa ham, ular SCSI yoki USB interfeysidan foydalanilgandagi kabi ma`lumotlar
uzatish tezligiga erisha olmaydi. Skanerni bunday ulash tipidan biror-bir sabablarga ko‘ra boshqa
interfeyslardan foydalanish iloji bo‘lmaganidagina foydalanish mumkin.
SCSI interfeysi
SCSI interfeysiga turli qurilmalarni, shu jumladan, skanerlarni ham ulash mumkin. Bu ulash usuli
ma`lumotlarni qoniqarli uzatish tezligini ta`minlaydi. SCSI-adapterlarining zaruriy platalari skaner bilan
birgalikda sotiladi.
USB interfeysi
So‘nggi vaqtlarda USB shinasi, ayniqsa uni Windows 9x operatsion tizimini qo‘llaydigan qilinganidan
so‘ng juda ommalashdi. Bu ulanish tipi ko‘p tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchiga juda qo‘l keladi –
kabelni ulansa bo‘ldi, tizimning o‘zi barcha zaruriy dasturiy ta`minotni mustaqil o‘rnatadi.
Takrorlash uchun savollar
1. Skanerlarni qanday turlarini bilasiz?
3. Skanerning ishlash ta’moillari nimalardan iborat?
Uyga topshiriq
Raqamli axborot yaratishni o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |