Amaliyotning maqsad va vazifalari. Amaliyotini oʻtkazishdan asosiy maqsad – korxona faoliyati bilan tanishib, uning iqtisodiy faolkiyati, mehnatni tashkil etish tizimi, kadrlar potensialini atroflicha oʻrganib chiqish va baho berish bilan birgalikda, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ilg’or tajriba va yangiliklarni ishlab chiqarishga tatbiq etish boʻyicha ilmiy asooslangan tavsiyalar berish. Ushbu amaliyotning maqsadi va vazifasi barcha oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda, ya’ni real ish sharoitida mustahkamlash, ularni yanada oshirish va nazariya va amaliyotni birlashtirish hisoblanadi. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – bu olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va real ishlab chiqarish sharoitlarida tegishli koʻrsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilish, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini naqadar ob`ektiv ekanligini baholash va asoslab berish. Zarur boʻlganda, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qoʻllashni oʻrganishdir. Bunda oʻrganilgan bilim va koʻnikmalarni korxonaning koʻrsatkichlari va ma’lumotlarini oʻrganish, ularni tahlil qilish orqali ushbu koʻzlangan maqsadga erishiladi.
Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va korxonadagi ishlab chiqarish, texnologik hamda boshqa jarayonlarni, mehnat jamoasidagi oʻzaro munosabatlarni iqtisodiy nuqtai nazardan “SHIVAKI GROUP” MCHJ misolida oʻrganish;
“SHIVAKI GROUP” MCHJda o’rnatilgan mehnatni tashkil etish tizimini oʻrganish;
“SHIVAKI GROUP” MCHJolib borayothan rejali-iqtisodiy ish usullarini oʻrganish va oʻzlashtirish;
“SHIVAKI GROUP” MCHJjamoasida ijtimoiy-tashkiliy ishlar tajribasini oʻrganish;
“SHIVAKI GROUP” MCHJ ning mamlakat va hudud iqtisodiyotidagi oʻrnini baholash.
Hisobotining ilmiy va amaliy ahamiyati maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonada foyda ko’rsatkichlarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish bo’yicha xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |