1. aqsh-Eron munosabatlari
-AQSH MOLIYALAGAN TO'NTARISH
Download 107.51 Kb.
|
Amerika-Eron munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1979-1981 - ELCHIXONAGA HUJUM
- 1986 - ERON-KONTRA MOJAROSI
- 1988 - YOLOVCHI SAMOLYOT FOJIASI
- 2009 – ILIQLIK
- 2018 - AQSH KELISHUVNI TARK ETADI
- DEKABR 2019 - IROQ VOQEALARI
1953-AQSH MOLIYALAGAN TO'NTARISHAQSh Markaziy razvedka agentligi Eronning demokratik yo'l bilan saylangan Bosh vaziri Muhammad Musaddiqni hokimiyatdan ag'darishga qaratilgan to'ntarish uyushtirishda yordamlashadi. Amerika quvvatlagan Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy taxtga qaytadi.1979 - ERON INQILOBI Inqilob natijasida shoh mamlakatdan qochishga majbur bo'ladi. Diniy yetakchi Oyatulla Xo'mayniy quvg'indan qaytib, Eronning oliy diniy rahnamosiga aylanadi.1979-1981 - ELCHIXONAGA HUJUM
Yangi islomiy rejim tarafdorlari 1979-yilning noyabrida AQShning Tehrondagi elchixonasini egallab olib, 52 amerikalikni garovga oladi. 1980-yilgi qutqaruv amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlanib, garovdagilar 444 kun davomida asirda qoladi. Ular Jimmi Karter prezidentligining yakunida, Ronald Reygan yangi prezident sifatida ishga kirishgan kun ozod etiladi.1986 - ERON-KONTRA MOJAROSI Prezident Reygan qurol-yarog' embargosiga qaramasdan Eron bilan maxfiy bitim bo'lganini oshkor qiladi. Eronga sotilgan qurollardan daromad Nikaraguadagi isyonchilarni moliyalashga yo'naltirilgan. Eron bilan yashirincha qurol savdosi bois Reygan ma'muriyati keskin tanqidga uchraydi.1988 - YO'LOVCHI SAMOLYOT FOJIASI AQSh harbiy kemasi Fors ko'rfazida Eron yo'lovchi samolyotini urib tushiradi. Undagi 290 odam halok bo'ladi. AQSh laynerni qiruvchi samolyot bilan adashtirganini tan oladi.2002 - "YOVUZLIK O'CHOG'I"AQSh Prezidenti Jorj Bush Eronni Iroq va Shimoliy Koreya qatorida "yovuzlik o'chog'i" deb ataydi, Tehronni maxfiy yadro dasturini yuritayotganlikda ayblaydi. 2006-2013 – SANKSIYALAR BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqi joriy etgan sanksiyalar Eron iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazib, mamlakat valyutasi qadri keskin tushishiga olib keladi. 2009 – ILIQLIK Yangi saylangan Prezident Barak Obama Eron xalqi va hukumatiga murojaat qilib, "mushtingizni yozsangiz, AQSh siz tomon qo'l uzatadi", deydi.2013 - TARIXIY MULOQOT Eronda mo'tadil Prezident Hasan Ruhoniy saylanganidan bir oy o'tib, Obama va Ruhoniy telefon orqali so'zlashadi. Bu oxirgi o'nlab yil davomida ikki davlat orasidagi eng yuqori darajadagi ilk muloqot edi.2015 - XALQARO KELISHUV Olti yirik davlat, jumladan AQSh, Eron bilan yadro bitimi imzolaydi. Tehron sanksiyalarning bir qismi bekor qilinishi evaziga yadroviy dasturini cheklashga rozilik beradi.2018 - AQSH KELISHUVNI TARK ETADI Yangi saylangan Prezident Donald Tramp Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro kelishuvda AQSh ishtirokini to'xtatib, sanksiyalarni tiklaydi.APREL 2019 – TERRORCHI TASHKILOT Qo'shma Shtatlar Eronning Islomiy inqilob posbonlari korpusini "terrorchi tashkilot" deb belgilaydi.MAY-IYUN 2019 - TANKERLARGA HUJUM AQSh Eronni Ummon ko'rfazidagi neft tankerlariga hujumda ayblaydi. Tehron ayblovlarni rad etadi. IYUN 2019 – DRON Eron harbiy kuchlari AQSh droni mamlakat havo hududiga uchib kirganini da'vo qilib, uni urib tushiradi. Vashingtonga ko'ra, uchuvchisiz apparat xalqaro suvlar ustidan uchgan.DEKABR 2019 - IROQ VOQEALARI Eron quvvatlovchi Hizbulloh harakati AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga snaryadlar otib, amerikalik bir pudratchini o'ldiradi. AQSh bunga javoban Hizbulloh makonlarini havodan uradi. Bag'dodda namoyishchilar AQSh elchixonasi hududiga kirib, norozilik bildiradi. Download 107.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling