1. aqsh-Eron munosabatlari


Download 107.51 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi107.51 Kb.
#1571960
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amerika-Eron munosabatlari

Shoh davri
XX asrning 50-yillarida AQSh shoh Muhammad Rizo Pahlaviyga Erondagi Musoddiq hukumatini ag‘darib tashlashda ko‘mak berdi. Shoh hukmronligi davrida AQSh uning asosiy tayanchi bo‘lib keldi.
Muhammad Rizo Pahlaviy.1979-yilgi Eron inqilobi o‘rtadagi munosabatlarni parchalab tashladi. Eronda mutlaq hukmronlikni qo‘lga olgan Oyatulloh Humayniy AQShni “Katta shayton” deb e’lon qildi. Bu ibora bugungacha xalqaro diplomatiyada AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilariga nisbatan Eron tomonidan ishlatiladigan termin sifatida qo‘llaniladi.
AQSh elchixonasi oldidagi namoyish, 1979-yil.O‘sha paytdagi prezident Karter shohni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Ammo saraton kasalligiga chalingan shoh Karterdan AQShda davolanish uchun izn so‘radi va Amerikadan boshpana topdi. 1979-yil 4-noyabr kuni, Eron Islom Respublikasi e’lon qilingan kundan yetti oy o‘tganidan keyin, eronlik talabalar Tehrondagi AQSh elchixonasiga hujum uyushtirib, u yerdagi 52 xodimni garovga oldi. Talabalar shohni ekstraditsiya qilish talabini ilgari surdi. Garov 444 kun davom etdi. 1980-yil 7-aprel kuni AQSh Eron bilan barcha aloqalari uzilganini e’lon qildi va unga nisbatan savdo embargosini joriy etdi.
Inqilobdan keyin
1988-yil 3-iyul kuni AQSh harbiy kemalari “xatolik” tufayli Iran Air’ga tegishli Airbus A300B2 yo‘lovchi uchog‘ini urib tushirdi. Oqibatda 290 kishi, jumladan, 66 bola halok bo‘ldi. 1996-yil 22-fevralga kelibgina AQSh halok bo‘lganlar uchun 61,8 million dollar tovon pulini to‘lashga rozi bo‘ldi. Ammo, uchoq uchun berilishi lozim bo‘lgan 30 million dollar haligacha to‘langani yo‘q.
Aviahalokat qurbonlari bilan xayrlashuv.: IRNA Yadroviy qurol ishlab chiqarish aybi bilan 1995-yil 30-aprel kuni AQSh prezidenti Bill Klinton Eronga qarshi yalpi iqtisodiy embargo e’lon qildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 1996-yilda Eronga neft va gaz sohasiga investitsiya kiritgan tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilindi. 2002-yil 29-yanvar kuni prezident Jorj Bush Eronni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi “yovuzlik o‘qi” bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiritdi.
2005-yilda saylangan konservator prezident Mahmud Ahmadinajod Eronda uranni boyitishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Ahmadinajod prezidentligi davrida ham ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar ziddiyatliligicha qoldi.
2009-yil 20-mart kuni Barak Obama Eron xalqi va rahbariyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashishni taklif qildi. Ammo iyun oyidagi namoyishlar kuch bilan bostirilganini tanqid qilib, Ahmadinajod qayta saylanishi jiddiy muammolarga olib kelishini eslatdi.
2013-yil 15-iyun kuni AQSh Eronning yangi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 26-sentabr kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri Nyu-Yorkda Eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan yuzma-yuz ko‘rishdi, ertasi kuni esa 1979-yildan buyon ilk marotaba ikki davlat rahbari telefon orqali muloqot qildi. Munosabatlar yaxshi tomonga o‘zgara boshladi.

Download 107.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling