1. aqshning geografik joylashuvi aqshning tarixi
AQShning geografik o’rni. AQSh
Download 143.5 Kb.
|
3.mavzu
3. AQShning geografik o’rni. AQSh dunyoda iqtisodiyotining ustunlgi bo’yicha yetakchilik qilib kelmoqda. Bunga undagi dunyodagi yirik bank tizimi, trantsmilliy kompaniyasi, yuqori sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari va yuqori texnologiyaga ega sanoati sababdir.
AQSH YaMM 2013 yil ma’lumotiga ko’ra 16,8 trln. AQSh dollarni tashkil etadi.Aholi jon boshiga 53149 AQSh dollarni tashkil etadi.AQSh YaMM ko’rsatkichiga ko’ra dunyoda oldingi uchtalikka kiradi. Ya’ni: EI -17578 trln. dollar, AQSH-16768 trln. dollar, XXR-16149 trln. dollar. AQSh davlati g’arbiy yarim sharda, Shimoliy Amerikaning katta qismida joylashgan. AQShning asosiy qismida 48 ta shtat va 2 ta shtati Alyaska va Gavay alohida joylashgan. AQSh janubda Meksika, shimolda Kanada va dengiz orqali Rossiya bilan chegaradosh. AQSh hududini g’arbda Tinch okeani, sharqda Atlantika okeani yuvib turadi. Janubiy sharqda Meksika qo’ltig’i joylashgan, shimolda Alyaska shtati Shimoliy Muz okeaniga ochiqdir. AQSh Kanada bilan katta masofada quruqlik orqali va buyuk ko’llar orqali chegaradoshdir. Janubda Rio-Grande daryosi qirg’oqlari orqali Meksika bilan chegaradosh. Rasmiy nomi- Amerika Qo’shma Shtatlari. Poytaxti- Vashington shahri. Maydan 9.519431 million kv.km.(4- o’rin) . Aholisi 320.194478 kishi (3-o’rin), o’rtacha zichligi 1 kv.km.ga 32 kishi. Davlat tili- ingliz tili. Pul birligi AQSh dollari. Geografik joylashuvi Shimoliy Amerika materigi. Mustaqillik kuni 1776 yil 4 iyulь (1783 yil 3 sentyabr). An’anaviy shiori ko’pchilikdan birlikka. AQSh federativ Respublika, AQSh siyosiy-ma’muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugdan iborat. Amerika Qo’shma Shtatlari- (AQSh) bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida ko’pgina iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha jahonning yetakchi mamlakati hisoblanadi. AQShda YaIM jahon bo’yicha eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich yiliga o’rtacha 8 trln. AQSh dollarini tashkil etmoqda. AQSh jahonda hududi bo’yicha to’rtinchi (9,519 ming kv. km.), aholi soni bo’yicha (320.194478 kishi) uchinchi o’rinda turadi. AQShda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM 30 ming dollar bo’lib, bu ko’rsatkich ham jahonda eng katta ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Mamlakat juda qulay iqlimiy sharoitlarga ega. AQShda yuzdan ortiq turdagi foydali qazilma boyliklari mavjud. Tabiiy resurslar orasida qazib olish sanoatida qiymat jihatdan eng katta ulush (90%) energoresurslar: neft, ko’mir, tabiiy gaz va uranga tegishli. Metalning 75%ga yaqini temir rudasi va misga to’g’ri keladi. AQSh jahon bozoridagi eng sig’imli , raqobatbardosh va biznes olib borish uchun eng qulay mamlakat hisoblanadi. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling