1. aqshning geografik joylashuvi aqshning tarixi
Download 143.5 Kb.
|
3.mavzu
5.AQShning tabiiy sharoiti. Tabiiy geografik o`rin mamlaktning siyosiy chegarasini aniqlashda ahamiyati katta. Masalan, AQSh va Meksika Rio-Grande orqali chegaralangan. Bundan tashqari Kanada va AQSh o`rtasida Lavrentiya daryosi va Buyuk ko`llar o`tgan.
AQSh tog’lar va bepoyon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relьefi uch qismga bo’linadi. Mamlakat relefining g’arbiy qismlari baland tog’li o’lkalar, sharqiy qismi esa tekislik va past tog’lardan iborat, Mamlakat hududining yarmiga yaqinini tog’ tizmalar, tog’li tekisliklar egallagan. Tinch okean sohili baland tog’lar Kordilera tog’ tizmalaridan iborat. Kordilьera tog’larining yuqori nuqtasi AQSh Alyaskasidagi (Ushbu nuqta ShimoliyAmerikadagi eng baland nuqta ham hisoblanadi) Mak-Kinli chuqqisi bo’lib uning balandligi 6193 metrdir. Markaziy AQShda esa eng baland hudud Kordileraning Sьerra-Nevada tog’ massividagi 4418 metrli Uitni cho’qqi hisoblanadi. Sharqda Appalachi tog’lari joylashgan. Uning baland nuqtasi - Mintchell chuqqisi bo’lib uning balandligi 2037 metr. Hududning eng past joyi Kaliforniyadagi Ajal vodiysi (Dengiz sathidan – 86 m pastda) hisoblanadi. Kordilьera bilan Appalachi o’rtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar, Meksikabo’yi, Florida va Atlantikabo’yi tekisliklarini o’z ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Atlantika okeanining AQSH qirg’og’ida ko’rfaz va qo’ltiqlar juda ko’p, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim oroli— Florida. SHimoliy Amerika mamlakatlari ya’ni AQSH va Kanada hududlari turli releflarga ega bo’lgan tabiiy o’lkalarga bo’linadi. SHimoliy Amerikaning g’arbiy qismi juda katta masofada Tinch okean bo’ylab burmali Kordilera tog’lari iborat. Kordilera tog’lari biri-biriga paralel ravishda joylashgan . Ba’zilari okean bo’ylab cho’zilgan bo’lsa, ba’zilari soxillardan uzoqda joylashgan. SHimoliy Amerikaning sharqiy qismini qadimgi Appalachi tog’ tizmalari egallagan. Bu tog’ tizmasi Kolrdileraga nisbatan qadimgi va keksa tog’lardan xisoblanadi. Materik Kordilyera tog’lari oralig’ida katta maydonda Buyuk tekislik joylashgan. SHimoliy Amerikaning shimoli Kanada shiti geologik jixatdan eng qadimgi va u yerda axoli juda siyrak joylashgan va tuproqlari unumdorsiz. Materikning janubi va sharqiy qismi va atlantika bo’ylarida odatiy, nisbatan yassi zona, qaysiki Nyu-Yorkdan Texasgacha cho’zilgan.2Appalachi – tog’li tizma, atlantika okeani bo’ylab cho’zilgan. Tekislik – Appalachi tog’ining sharqiy qismi tekislikdan iborat bo’lib, bu yerda yirik daryolar oqib o’tadi. Buyuk tekisliklar–g’arb tomon yoyilgan amerika tekisliklari. Tekisliklar ikki tog’ tizmasi Appalachi va Kordilera tog’i oralig’ini egallaydi. Kordilera mamlakatning g’arbiy qismida Tinch okeani bo’ylab cho’zilgan. Alyaski relefi – Kordilera tog’ining shimoliy qismi joylashgan. Kordilьera tog’ining eng baland nuqtasi ham aynan shu shatatda bo’lib, balandligi 6194 m cho’qqi nomi Mak-Kinli. Gavay oroli arxipelagi – dengiz sathidan baland ko’tarilgan relьefga ega, eng baland nuqtasi 4025 m.ga yetadi. Appalachi maydoni-1 908 538 km², uzunligi-3051km. Baland nuqtasi Mitchell 2037 m. Burmali tog’ maydoni-991 691 km², uzunligi- 2750 km. Baland nuqtasi Elbert 4399 m. Shimoliy Amerika Kordilera tog’ tizmasiuzunligi- 18000 km. BalandnuqtasiAkonkagua 6960 m. Kordilera tog’ining eng baland nuqtasi Alyaskada joylashgan balandligi 6194 m cho’qqi nomi Mak-Kinli. Gavayi orollari 24 ta oroldan iborat. Eng kattasi Gavay oroli. Maydoni -28311 km.kv. Eng baland nuqtasi 4205 m. Buyuk tekislik balandligi g’arbga tomon 500-1600m.cha ko’tarilib boradi. Ba’zi qismlarida yerlar xo’jalik faoliyati uchun qulay bo’lsa, shimoliy qismi deyarli yaroqsizdir. Atlantika bo’yi tekislisligi dengiz sathidan 200 m balandlikda bo’lib, okeandan ichkariga 10-100 km kirib borgan. Iqlimi. Shimoliy Amerika mamlakatlari ya’ni AQSH va Kanadaning iqlimi turlicha. Shimoliy qismi Kanada va Alyaskada tundra tipiga, janubiy qismi Florida va Gavayida tropik iqlim tipiga xos. Sharqiy qismida namlik miqdori yuqori. Gavay oroliga eng ko`p yog`in tushadi, ammo yog`in orolning bir qismigagina tushadi. Oroldagi tog` orolni ikkiga bo`lishi natijasida yarmiga yog`in deyarli tushmasligi natijasida iqlimi chalacho`lga xosdir. Huddi shunday holat Kaliforniyada Ajal vodiysida kuzatiladi. Yog`in tog` tizmasining g`arbiy qismiga tushadi. Nevada shtatida ham yog`inkam. AQSH va Kanadaning shimoliy qismida mavsumiy iqlim, janubi g’arbda va Buyuk tekisliklarda quruq iqlim xukm suradi. Umuman ikkita turlicha iqlim sharoiti mavjud. Birinchidan iqlim shimoldan janubga tomon va ekvatorga yaqin ilib boradi. Ikkinchidan yog’in miqdori sharqdan g’arbga tomon tinch okeaniga yetmay turib kamayib boradi. Faqatgina Tinch okean qirg’oqlarida yana yog’in miqdori ortib boradi. Mamlakatning g’arbiy shtatlariga kuchli yog’in ta’sirini ko’rsatadi. Tog’ tizmalarining g’arbiy qismida yomg’ir, qor ko’p yog’sa, sharqiy qismi aksincha yelari quruq. AQSH ning g’arbiy qismi Buyuk tekisliklarda yog’in kam yog’adi.3 Iqlim sharoitiga ko’ra AQSH ikkita oblastga bo’linadi. Sharqiy qismi- bu yerda yog’in 500-1500 mm cha yog’adi. Harortai kengligiga ko’ra aniqlanadi. Yoz janubda uzoq davom etadi. SHimol sharqda qisqa va iliq. G’arbiy qismi- harorati relefiga bog’liq holda shakllangan. 2500 mm yog’in yog’adi. Janubda 120 mm. Harorati past, cho’llarda issiq. Hudud makromintaqa iqlimining tarkib topishida Shimoliy Amerika materigining shimoldan – janubga tomon cho’zilib yotganligi muhim o’rin tutadi. Kordelera tog’ tizimining Meridional joylashganligi Tinch okeanidan kirib kelgan havo massalarning ta’sirini pasaytiradi. SHuningdek, sovuq Labrador oqimi mintaqaning shimoliy-sharqida havoning tez-tez sovib turishida qishning ayrim yillari juda qattiq sovuq bo’lishida asosiy sababchidir. Shimoliy Amerika makromintaqasida arktika , subarktika, mo’tadil, subtropik va janubida qisman tropik iqlim mintaqalari shakllangan. Arktika iqlim mintaqasida Grenlandiya oroli, Kanada, Arktika arxipelagi va materikning shimoliy qirg’oq bo’ylaridan to shimoliy Qutbga qadar bo’lgan hududlar kiradi. Qish uzoq davom etadi, Alyaska va Kanada shimoliy- g’arbida o’rtacha -25°dan to -40°gacha, Grenlandiya muz qoplamida (300 m balandlikda ) -50° sovuq bo’ladi. Yoz sovuq , iyulda havo harorati 0° atrofida kuzatiladi. Shimoliy Muz okeanining sharqiy orollari va Grenlandiya abadiy muzliklar bilan qoplangan. Subarktika iqlim mintaqasiga Alyaska yarim orolida, Gudzon qo’ltig’i sohil bo’ylari, materikning bir qismi va Labrador yarim orolining shimoli kiradi. Qirg’oq bo’ylarida yanvarning o’rtacha harorati -15°, markaziy qismlarida -30°, iyulning o’rtacha harorati shimolda 8°, janubda 12°. Ko’p yillik muzliklar tarqalgan, yiligi o’rtacha 300 mm yog’in tushadi. Markaziy AQSH hududining deyarli hammasi mo’’tadil va subtropik mintakalarda, shuningdek Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqlimiga iliq Golьfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina ta’sir o’tkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga ko’ra shimoliy va janubiy mintaqalar o’rtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez o’zgarib turadi. AQSH ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental. Bismark shimolida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning o’rtacha harorati —19°, iyulda 21°, CHikago shimolida yanvarda —3,7° va iyulda 32°. Meksikabo’yi pasttekisligi va Atlantika bo’yi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim mintaqasi o’rin tutadi. Atlantika bo’yi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean bo’yi sohilining shimoliy qismida — dengiz iqlimi xukmronlik qiladi. Shu sababdan dengiz bo’yi hududlarida havo massalarining keskin harakati tufayli tez-tez shamol hatto shtorm - dovul (tayfun yoki tornado)lar bo’lib katta talofatlar keltiradi. Nyu-Yorkda yanvarning o’rtacha harorati —0,8°, iyulda 23°. Kordilera janubiy qismining ichki tumanlarida havo juda issiq va qurg’oqchildir. Havoning eng past harorati (-45° gacha) Yukon yassi tog’ligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan. O’rtacha yillik yog’in Alyaskaning janubi-sharqida 500-1000 mm, Vashington shtatining g’arbida — 1000-1500 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1500 mmdan g’arbda 500 mm gacha tushadi. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling