1. aqshning geografik joylashuvi aqshning tarixi


Amerika Qo’shma SHtatlari


Download 143.5 Kb.
bet9/11
Sana30.03.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1309303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.mavzu

Amerika Qo’shma SHtatlari aholisi ko’p millatli bo’lib, u Yevropa mamlakatlaridan ancha keyin paydo bo’lgan. SHu sababli AQSHning o’ziga xos urf odatlari kamroqdir, ko’pgina emigrantlar o’z urflarini saqlab qolganlar. SHunga qaramay AQSHning keng tarqalgan urf odati bu- “Rojdestvo”da barcha oila a’zolari birga yig’ilishib, ota-ona kunida sovg’alar hadya qilishi, o’z madhiyasi va mamlakatning barcha Prezidentlari ismini yoddan bilishi bayramning asosiy yuqori saviyada o’tishini taьminlaydi. AQSHning ko’pgina o’ziga xos, qiziqarli odatlari ham mavjud. Masalan, aholi transportida bir biriga joy berilmaydi, restoranda ayol kishi uchun haq to’lavorish odat emas va uyga kirishdan oldin hech qachon oyoq kiyimi yechilmaydi.
“Avliyo Patrik kuni”da esa barcha amerikaliklar irlandliklar urf-odatlarini bajarish orqali bayramni keng nishonlashga kirishadi ya’ni irland urf odatiga ko’ra atrofdagi barcha narsalar yashil rangga bo’yaladi, hatto yashil pivo va kulchalar ham shular jumlasidandir. Urf odatlarga ko’ra har bir voyaga yetgan kishi irland bariga borib bir qadah o’tkir ichimlikdan ichishi kerak. Amerikaliklarning eng sevimli zamonaviy bayrami bu Xellouindir. Bu bayramning kelib chiqish tarixi Irlandiya va SHotlandiya keltlarining urf odatlariga borib taqaladi. Bayram asosan ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda yilning 31 oktyabr kuni nishonlanib, u rasmiy dam olish kuni deb hisoblanmaydi. Bu kunda barcha amerikaliklar har xil antiqa niqobli kostyumlarni kiyib barcha birgalikda nishonlashga harakat qiladilar.
Noyabr oyining oxirida esa AQSH aholisi “SHukurona kuni”ni nishonlaydilar. Bu kunda barcha oila a’zolari qaerda bo’lishlaridan qat’i nazar yetib kelib bir stol atrofida yig’iladilar. Odatiga ko’ra, bu kunda pishirilgan kurka gushtini tanovvul qilib “Xudo”ga barcha bergan ne’matlari uchun shukurona bildiradilar.
“Martin Lyuter King kuni” – AQSHning federal bayrami, davlatda dam olish kuni, afroamerikaliklar huquqini himoyachisi, Nobel mukofoti sovrindori Martin Lyuter Kingga bag’ishlangan. Bayram har yili yanvar oyining uchinchi dushanba kuni nishonlanadi. Uzoq vaqt mobaynida Martin Lyuter King kunini AQSHning bir qancha shtatlari bayram sifatida tan olmagan va boshqa bayramlar bilan qo’shib nishonlangan. Faqatgina 2000 yilga kelib bu bayram AQSHning barcha hudulari bo’ylab bayram qilinadigan bo’ldi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling