1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari
Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari
Download 54.91 Kb.
|
1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari
2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari
Ijtimoiy tuzum Arab xalifaligi ijtimoiy munosabatlarining o‘ziga xos tomoni shunda ediki, unda Yevropa mamlakatlaridagi singari tabaqaviy tuzum o‘rnatilmadi. Bu yerda aholi turli guruhlari huquqiy holatidagi o‘ziga xos belgi, avvalo, musulmonlar va nomusulmonlar, arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil ekanligida edi. Shariat bo‘yicha kishining huquqiy layoqati va muomila layoqati islomga e’tiqod qilishiga qarab belgilanadi. Musulmonlar musulmon bo‘lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadilar. Hatto qul musulmonlar erkin nomusulmonlarga nisbatan imtiyozli huquqlaridan foydalanadilar. Shariat bo‘yicha faqat musulmonlar to‘la huquqiy layoqatga ega. Boshqa dindagi-lar - zimmiylar to‘la huquqiy layoqatga ega emas, deb hisoblanganlar. Ular islom davlatida musulmon hukmdorlarga tobe bo‘lib yashayotgan hamda o‘zlarining jon va mol-mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari uchun har yili juz'ya solig‘i (jon solig‘i) to‘lab turmoqni o‘z zimmalariga olgan g‘ayridinlar hisoblanadi. Bu haqda Qur’oni karimning 10-pora 9-Tavba surasining 29-oyatida shunday deyiladi: «Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom sanamay-digan, haq din (Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishi-larga qarshi - to ular o‘zlarini past tutib, jiz'ya (soliq)ni naqd bermagun-laricha - jang qilingiz!». Juz'ya solig‘ini to‘lab turgan zimmiylar va musul-mon hukmdorlar o‘rtasidagi ahdga qat’iy rioya qilmoqlari haqida Pay-g‘ambarimiz hadislarini Imom Al-Buxoriy ham o‘z kitobida ta’kidlab o‘tgan92. Zimmiylarga nisbatan shariat normalari faqat ular musulmonlar bilan bitimlar tuzganlarida yoki jinoyat sodir etganlarida qo‘llanilgan. Boshqa hollarda, ular o‘z fuqarolik-huquqiy aloqalariga amal qilganlar va o‘z oqsoqollari tomonidan idora etilganlar. Zimmiylarning musulmonlar bilan nikohga kirishi, musulmonlardan qullarga ega bo‘lishi taqiqlangan. Ular ot minib yura olmaganlar, faqat xachir va kichkina eshaklarda yurish-lari mumkin edi. Ular uchun yana boshqa bir qancha taqiq va cheklovlar mavjud edi. Arab xalifaligida ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi qullarning huquqiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Musulmon huquqi bo‘yicha qullar huquq subyekti bo‘lmagan, lekin ular o‘z xo‘jayinlarining roziligi asosida erkin kishilar bilan shartnoma tuzishlari va mulkka egalik qilishlari mumkin edi. Musulmon qulni erkinlikka qo‘yib yuborish savobli ish hisoblangan. Erkinlikni qo‘lga kiritgan qullar mavalilar deb yuritilgan. Lekin ularning erkinligi to‘liq bo‘lmagan. Ularning ahvoli xuddi Rim imperiya-sidagi erkinlikka chiqarilgan qullarning ahvoliga o‘xshash edi. Mavalining mol-mulki u o‘lgandan so‘ng merosxo‘ri bo‘lmasa, xo‘jayiniga o‘tgan. Arablar tomonidan bosib olingan xalqlarning aholisi ham mavalilar deb atalgan. A
Download 54.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling