1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet13/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

Keyinchalik SHoh G’arib Mirzo va va Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Badiuzzamon ham xattotlik bilan shug’ullanishgani ma’lum.
SHohruh davrida uning saroyida asos solingan hamda XV asr davomida dovrug’ taratgan Hirot matnshunoslik maktabi va u yerda fidokorona mehnat qilgan kishilarning xizmatlari tufayliadabiy-madaniy merosga e’tibor kuchaydi, borlari yig’ilib, nusxalari ko’paytirildi, tarjima qilindi, yangilari yaratildi,miniatyura san’ati yuksak darajada ravnaq topdi
xat turlari takomillashib, nasta’liq xati yuzaga keldi va keng rasm bo’ldi
anchagina qo’lyozma nusxalar silsilasi uzilmay keyingi avlodlarga etib keldi.

2.Atributsiya va ateteza. Asosiy matnni tuzish usuli
Atributsiya va ateteza. Atributsiya deganda matn muallifini aniqlash tushuniladi. Ateteza esa, muayyan asarning muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda uni noo‘rin mualliflikdan himoya qilishga aytiladi. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azaliyot bo‘ladigan bo‘lsa, maqta’dagi taxallus vositasida, matn klassifikatsiyasi, sanalarni belgilash, tekstologik belgilar, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi bir qancha tekstologik tadqiq usullaridan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklashi mumkin. Ateteza holatida esa, bahs qilinayotgan muallifning barcha asarlari qiyosan o‘rganilib, hududiy va davriy, g‘oyaviy, uslubiy, tekstologik jihatdan kompleks tadqiq amalga oshiriladi va xulosa chiqariladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadqiq usullari matnshunoslikning qo‘lyozmalar bilan bog‘liq faoliyat sohasida qo‘llanadi. Zamonaviy adabiyotlar, adabiy arxiv materiallari, davriy matbuot tadqiqi bilan shug‘ullanadigan matnshunoslik tadqiq usullari ulardan farq qiladi.
3.Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang.
Oy yuzinda xolni ko‘rgach, ul oy topdi jamol
Oxir ul yuzdinki yopti, vah, ki pinhon bo‘ldi xol.
Ҳалли: исм моддаси “ой”, “хол”, “дин”, “ваҳ” калималари. “Ой”нинг муродифи “қамар”, унинг махсус ҳарфи “ре”. “Хол”дан мурод нуқта. Мазкур “ре” ҳарфига нуқта қўйилса, “зе” ҳарфи ҳосил бўлади. Кейин “ой”нинг юзи – биринчи ҳарфи бўлган “алиф” ҳарфи “зе” билан бириктирилса, “зо” бўлади. “Ваҳ”нинг юзи ёпилса, яъни “вов” ҳарфи соқит қилинса, “ҳе” ҳарфи қолади. “Дин”ни юзи бўлган “дол” ҳарфи “ҳе” ҳарфи билан бириктирилса, “ҳид” бўлур. Аввал ҳосил қилинган “зо” “ҳид” билан таркиб топса, “Зоҳид” исми келиб чиқади.

11

  1. Litografiya nashrlarining paydo bo‘lishi

  2. Tazkira –manba sifatida (takomili,tuzilishi, turlari)

Tazkira so‘zining ma’nosi – esga olish, tilga olish. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr. Tazkiralarda shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi muxtasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar, odatda bir necha bayt hajmida keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar berish bilangina cheklanib qolmasdan, she’riyat va uning nazariy masalalari bilan bog‘liq e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar, ma’lum davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma’lumotlar ham o‘rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqida ham tazkiralar yozilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat”, Sidqiyning “Tazkirai Imom A’zam” tazkiralari kabi.
Tazkira yozish an’anasi dastlab arab va fors adabiyotida shakllangan bo‘lib, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiyning “يتيم الدهر فى محاصل اهل العصر” – “Zamona ahlining fazilatlari haqida yakto durdona” (XI asr) asari e’tirof etiladi. Mazkur tazkiradan o‘sha davr Arab, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson adabiyoti va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. Turkiy tildagi ilk tazkira Navoiyning – “Majolisun nafois” asaridir.
Tazkiranavislik tarixini shunday xronologik tartibda berishimiz mumkin: Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”, XV asr), Navoiyning “Majolisun nafois” (“Nafis majlislar, XV asr ”), Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkirul ahbob” (“Do‘stlar yodnomasi”, XVI asr, Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” (“Shoirlar majmuasi”, XIX asr), Tabibiyning “Majmuatush shuaroi Feruzshohiy” (“Feruzshohning shoirlar majmuasi”, XX asr), Laffasiyning “Xiva shoirlari tarjimai holi” (XX asr), Po‘latxon Qayyumiyning “Tazkirai Qayyumiy” (XX asr), Mo‘minjon Toshqinning “Toshkent shoirlari” (XX asr).

  1. Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang.


Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling