1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
Tadqiqotchilar «islomiy yozuvni» 328 - 511 yillar oralig’ida shakllangan deb taxmin qilishadi. Bu yozuv Suriyada qo’llanila boshlab, karvon qatnovlari orqali Hijozga yoyilgan deyishadi. Bu yozuvni Hijozda «Xatti nabatiy» yoki «iroqiy» deb ham yuritishgan. Kufiy yozuvga asos bo’lgan nabatiyda yozilgan eng qadimgi hujjat 31-yil xijriyga mansub bulib, Misrda topilgan. Bu yozuv asosida kufiy va nasx xatlari kelib chiqqan.
Islomiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, bu xat Kufa xattotlari orasida tez yoyilib, unda asosan, Qur’on va ilmiy asarlar ko’chirib yozila boshlagan. Xususiy yozishmalar uchun nasx xati shakllandi. Bu xat turlari mayda o’zgarishlar bilan xati makkiy, madaniy, basriy va kufiy degan to’rt xil shaklda ishlatila bordi (Masalan, makkiy va madaniy xatlarda alifni o’ng tomonga og’diribroq yozishgan). Bu to’rt xat asosida abbosiylar davrida 12 xil qalam yuzaga kelgan. Keyinchalik ularning turi 25 taga etgan. Ma’mun Abbosiy davrida xatning murassa’, nassox, rihoniy, riqo’ turlaridan keng foydalanganliklari ma’lum. Bu xatlardan 20 tasi kufiy asosida yuzaga kelgan bo’lib, qolganlari nasx xati zaminida yaratilgan. Hijriyning VII—VIII asrlariga kelib kufiy xat zavol topa boshladi. Bu davrga kelib xatning quyidagi olti turi mustahkamlanib qoldi: nasx, suls, ta’liq, rayhoniy, muhaqqaq,riqo’. Ma’lumki, qadim arab adabiyoti og‘zaki shaklda rivojlangan edi. Shoirlar she’rlarini xatga tushirishlari mavjud odatlarga ko‘ra mumkin bo‘lmagan. Faqat Qur’on xatga tushirilgandan keyingina, yozma manbalarning yuzaga kelishiga yo‘l ochilgan. Islomgacha bo‘lgan shoirlarning she’rlari yoki ulardan parchalar Ibn Qutaybaning «Shoirlarning she’rlar kitobi» asariga, Abul Farojning «Qo‘shiqlar kitobi» tazkirasiga kiritilgan. 2.Ashurali Zohiriyning Navoiy asarlarini nashrga tayyorlashdagi xizmatlarini aytib bering. Adabiyotshunos va xattot Ashurali Zohiriy tomonidan Navoiy asarlarining ba’zilari nashrga tayyorlangan. U Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Vaqfiya” asarlari ustida izlanishlar olib boradi va bu asarlarni toshbosma nashrga tayyorlaydi. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari Qo‘qonda Vayner matbaasida 1336/1917-yili chop etiladi. Bu litografik nashr asarning to‘liq matni emas. Asar matnida xatoliklar va erkin tuzatishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ammo keyingi “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari solishtirma matnini yaratishda matnshunoslar A. Usmonov va P. Shamsiyev bu nashrdan kerakli o‘rinlarda foydalanishgan Ashurali Zohiriy tomonidan tayyorlangan “Vaqfiya” asarining varianti nashr etilmagan. Asar qo‘lyozma matni hozir Qo‘qon Adabiyot muzeyida Ashurali Zohiriyning shaxsiy arxivida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmani “Vaqfiya”ning bugungi kundagi nashrlari bilan solishtirib o‘rganish Ashurali Zohiriy tomonidan olib borilgan matnshunoslik ishlari darajasiga aniqlik kiritadi. 3.901-yilni milodiy yilga aylantiring. H - (H:33)+621=M 901:33=27,3=27 901-27=874+621=1495 №2 1.Qo‘lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari Qo'lyozma-qo'lda yozilgan yoki yoki yozuv mashinkasida,kompyuterda ko'chirilgan matn. O'rta Osiyoda matbaa nashriyot ishlarining sustligi sababli qo'lyozma holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qadimiy qo'lyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada o'rganiladi. Qo'lda yozilgan asar, yozma yodgorlik qo'lyozma deyiladi. Qo'lyozma - Taniqli shoir va yozuvchilarning o'tmishda o'zlari ko'chirib yozgan asarlari dastxati. Qoʻlyozma — 1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi); 2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi; 3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn. Dunyoning koʻpgina kutibxonalari ,muzeylari,masjidlar,madrasalar va shaxsiy kutubxonalardagi mavjud qoʻlyozmalarni ilmiy muomalaga kiritishning dastlabki bosqichi ularning tavsifi berilgan fexrest(katalog) lari tuzish va ulardan mutaxassislarni xabardor qilishdir.Shunga koʻra,qoʻlyozmalarni tavsiflash va katologlashtirish qoʻlyozma fondlarida amaliy manbashunoslik faoliyatining keng tarqalgan tiriga aylangan hozirgi kungacha qoʻlyozmalarning atigi 30foizigina tavsiflanfan xolos.Boshqa qoʻlyozma xazinalarida ,esa mavjud qoʻlyozmalarning toʻla boʻlmagan roʻyxati ,kartoteka kartochkalari tuzib qoʻya qolingan. Qoʻlyozmalarni tavsiflash jahon andozalariga moslashtirilgan holda olib borilishi kerak.Qoʻlyozmani tavsiflash uchun u haqida talab etiladigan ma'lumotlarni iloji boricha toʻliq berishga harakat qilinadi.,toki tavsifni oʻqigan tadqiqotchi uchun savolga oʻrin qolmasin .Buning uchun tavsif etuvchi oʻzi aniqlay olmagan faktlarni ham aniqlanmaganini tavsifda koʻrsatish kerak. Matn ustida ishlash qoʻlyozmaning tashqi belgilarini oʻrganishdan boshlandi.Sharq kiyobat san'ati oʻzining qat'iy prinsiplariga asoslanadi.Masalan,har bir asarning "bismilloh" dan boshlanishi(basmala)soʻng ollohning madhi(hamd,tahmid)va Muhammad(s.a.v) ta'rifi(na't)shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta'lifi kitob)qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin boʻlmagan asosiy prinsiplardandir.Qoʻlyozmaning tafsifiy belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi. Matn -kitobning asosiy qismi boʻlib,unga ayrim hoshiya yozuvlari ,jadval,poygirlar kirmaydi. Ichki unvon-tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba'zan boshqa (masalan,qizil)siyoh bilan ,ba'zan ypq harflar+jumladan nasriy asarlarda),ba'zan hozirgidek sahifa oʻrtasida beriladi. Jadval-sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi(matn ramkasi).Matnlar turli shakllarda-sidirgʻa,ikki ustun ,toʻrt ustun,zina ,romb,doira,qiya holda joylashtirilishi mumkin.Bu muayyan darajada bezak vazifasini oʻtab ,she'riy matnlarda ayniqsa ,koʻp qoʻllanilgan. Hoshiya-sahifa chetlari .Jadvaldan tashqarida izoh berish ,parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish ,matn boʻlagidagi fikrni tasdiqlash yoki toʻldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir-oʻzidan keyindi sahifaning shu spz bilan boshlanishini bildirib keluvchi soʻz boʻlib,oʻng sahifaning eng ostiga ,chap tomoniga joylashtiriladi. Kollofon-kotibning qoʻluozma soʻnggida keltiradigan ma'lumotnomasi.Unda kotib nomi,qoʻluozmaning koʻchirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.Qoʻlyozma formati unda yoziladigan xat turi,qogʻoz turi,turli bezaklar ham qoʻlyozmani g tavsifini keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qoʻlyozmalarni tavsiflash shu usullar bilan amalga oshiriladi.Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tavsiflash bugungi kun uchun juda ahamiyatli va dolzarb masalalardan biridir desa,xato boʻlmaydi. Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling