1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet3/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

2.O‘zbek matnshunoslarining tadqiq usullari.

1. Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli. Matniy tafovutlarni tahlil etish “asl” yoki “dastlabki” matnni tiklash yo‘lida o‘tilishi shart bo‘lgan bo‘g‘indir. Matnshunos matn tarixidagi barcha davriy o‘zgarishlarni kuzatib, ularning sodir bo‘lish sabablarini aniqlashi juda muhim. Tahlil oddiy farqlarni o‘rganishdan boshlanib, oxirida umumlashtiruvchi xulosalarga kelish bilan tugaydi. Farqlar qo‘lyozma nusxalari orasida, xronologik tartibda, makon va hudud tartibida guruhlashtirilgan holda qiyoslanadi. Matniy tafovutlar xattot va kotiblar tomonidan so‘zni noto‘g‘ri o‘qish sababli, shuningdek, muallif yoki kotib tomonidan ongli ravishda qilingan tahrir tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Matnshunos farqlarning sababini aniq belgilashi lozim. Shundagina matn tarixi ob’ektiv ko‘rinish kasb etishi mumkin.
2. Asosiy matn tuzish usuli. Asosiy matn tuzish matnshunoslik tadqiq usullarini kompleks ravishda ishga tushirishni taqozo etadi. Asosiy matn tuzish, bu – muallifning asl, birlamchi matnini tiklash emas. Muallif matnining asl holatini tiklash deyarli mumkin emas. Matnshunos faqat matnning muallif variantiga yaqin ko‘rinishini tuzishi mumkin. Asosiy matn deyilganda, matnshunos tomonidan nashr uchun tuziladigan qo‘lyozma asarning so‘nggi varianti nazarda tutiladi.
3. Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli. Qo‘lyozma nusxani ko‘chirish jarayoni to‘rt harakat majmuidan iborat bo‘lib, tanlangan matnni o‘qish, matnni eslab ko‘chirish, ichida takrorlab ko‘chirish va, nihoyat, matnni tushunib-tushunmay ko‘chirishni o‘z ichiga oladi. Ko‘chirish jarayonida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunga sabab, kotib asliyat husnixati xususiyatlarini yaxshi tushuna olmagan bo‘lishi mumkin. Matnshunos qo‘lyozma nusxadagi xattotlar uslubini diqqat bilan o‘rganishi, harflarning “bejirim tasvirlari” o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ularning o‘ziga xos bezak-unsurlariga e’tibor berib, xatolik nima sababdan sodir bo‘lganini aniqlashi lozim. Ba’zi hollarda, xattotlar so‘zni o‘qiy olmasalar, kontekstdan kelib chiqib, o‘zlaricha matnni tuzatib yoki to‘ldirib ketganlar. Matnshunos tomonidan xolis aniqlangan xato qiyosiy tahlil orqali asosiy matnda tuzatib boriladi.
4. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli. Ayrim ijodkorlar o‘z asarlarini ko‘chira turib, xattotlar faoliyatida ko‘ringan xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Masalan, ayrim harflarning tushib qolishi, sanalarning noto‘g‘ri belgilanishi, sarlavha yoki ayrim jumlalarning qisqarishi mexanik tarzda ro‘y berishi mumkin. Xatoning muallif tomonidan ongli ravishda qilinmaganligini aniqlash muallifning g‘oyaviy pozitsiyasi tahlili, ilmiy-badiiy iqtidori, matn mazmuniga talabchanligi darajasini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
5. Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli. Matn qasddan yoki beixtiyor o‘zgartirilganini farqlash murakkab tahliliy jarayonni talab qiladi. Matn o‘zgartirilgan hollar xattot yoki kotibning “o‘ta bilag‘onligi”, shunday bo‘lishi kerak edi yoki bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan iddaoda matnni tuzatib ketishi natijasida yuz beradi. Matnshunos, avvalo, manbalarning xronologik yoshiga qarab farqlar dinamikasini tuzib chiqishi lozim. O‘shanda o‘zgartirish manba “taqdiri”ning qaysi bosqichida yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng manbaning ko‘chirilish sanasi, davri va hududi, davrning ustun g‘oyaviy, siyosiy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Ushbu tahlillar o‘zgartirish qasddan yoki beixtiyor qilinganligini aniqlab beradi.
6. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usuli. Matn ustida ishlash qo‘lyozmaning tashqi belgilarini o‘rganishdan boshlanadi. SHarq kitobat san’ati o‘zining qat’iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi (basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir. Qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Matn – kitobning asosiy qismi bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi. Ichki unvon – tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba’zan boshqa (masalan, qizil) siyoh bilan, ba’zan qalin harflar (jumladan, nasriy asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o‘rtasida beriladi. Jadval – sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi (matn ramkasi). Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, doira, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak vazifasini o‘tab, she’riy matnlarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llanilgan. Hoshiya – sahifa chetlari. Jadval (matn ramkasi)dan tashqarida izoh berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish, matn bo‘lagidagi fikrni tasdiqlash yoki to‘ldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirib keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi (poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi). Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘ngida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi. Qo‘lyozma formati, unda ishlatilgan xat turi, qog‘oz turi, turli bezaklar ham qo‘lyozmaning tavsifini keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash usuli. Kon’ektura deganda matn kontekstidan kelib chiqib matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon’ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
8. Qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli. Manbalar qiyosiy o‘rganilganda, ko‘pincha, bir nusxadagi muayyan matn bo‘lagi ikkinchi nusxada tushib qolgan bo‘ladi. U chindan tushib qolganmi yoki aksincha birinchi manbadagisi qo‘shilib qolganmi, bu har ikkala manbani jiddiy tekshirishdan o‘tkazishni talab qiladi. Ushbu tadqiq usuli har ikkala manbaning o‘z “qiyofadosh”larini to‘plashdan boshlanadi. Ikki guruh manbalarini o‘rganish asosida eng qadimiysi aniqlanadi, so‘ng o‘zgarishga uchragan manba davrigacha ko‘chirilgan manbalardagi holat o‘rganiladi. O‘zgarishga uchragan nisbatan qadimiyroq manba uchragan taqdirda, uning tavsifiy, davriy va hududiy belgilarini o‘rganish orqali o‘zgarish bo‘yicha xulosa chiqariladi.
9. Gloss va interpolyasiyalar tahlili. Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi. Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga taalluqlidir. Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab vazifalardandir. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlashi mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.
10. Qo‘lyozma nusxalar o‘rtasidagi farqlar tahlili. Matnshunos qo‘lyozma asar nusxalari ustida ishlar ekan, ularning qaysi matndan ko‘chirilganligini aniqlashi nusxalar o‘rtasidagi farqlarning paydo bo‘lish sabablarini oydinlashtiradi. Bu jarayonda nusxalardagi matniy o‘zgarishlar xronologik tartibda guruhlashtiriladi va eng qadimiy nusxalar bilan solishtiriladi. Ushbu tahlil natijasida asarning dastlabki varianti haqida muayyan tasavvurga kelinadi.
11. Nusxalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va munosabatni aniqlash usuli. Qo‘lyozma va toshbosma usullarida chop etilgan asarlar o‘rganilayotganida muayyan asarning qaysi matn asosida ko‘chirilganligini aniqlash muhim hisoblanadi. O‘rganilayotgan asar asl nusxa yoki yagona kopiya sifatida etib kelgan bo‘lsa, tabiiyki, ushbu usul qo‘llanmaydi. Biroq asl nusxa ham, ko‘plab kopiya nusxalar ham mavjud bo‘lgan taqdirda matn tarixini yoritish nuqtai nazaridan, shuningdek, nusxalarning jo‘g‘rofiy-hududiy va davriy jihatdan ko‘p yoki kam ko‘chirilganligi, sifat darajasiga qarab o‘sha davrlardagi adabiy jarayonlar va mazkur asarga bo‘lgan munosabat aniqlanadi.
12. Matnlarni klassifikatsiya qilish (tasniflash) usuli. Matnlar janr va nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi. Janr turlariga adabiy (devon, doston-masnaviy, qasida va shu kabilar), tarixiy (tarix-yilnomalar, tazkira-esdalik, manoqib, vaqfiya va shu kabilar), yozishmalar (maktubot, ruq’aot, munshaot va shu kabilar), diniy (tafsir, ta’vil, fiqh, kalom, tasavvuf va shu kabilar), fan sohalariga bag‘ishlangan matnlar kiradi. Turli to‘plamlar, monografik risolalar, majmualar, bayozlar shaklida ko‘chirilgan yoki toshbosma usulida chop etilgan asarlar nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi.Tasniflash matnshunos uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiq etilayotgan matn turli janr va nashr turlariga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tazkiralarda biografik ma’lumotlar bilan birga she’rlardan parchalar, xatlardan namunalar yoki tarixiy lavhalar qorishiq keladi. Devonlar esa, muayyan strukturaga ega bo‘lib, bu tartib buzilishi uning majmuaga aylanib qolishiga olib keladi. Bayozlar tazkiralar kabi to‘plam-antologiyalar xarakterida bo‘lsa-da, ularning tarkibini shoirlar ijodlaridan namunalar tashkil etadi.
13. Tekstologik belgilarni aniqlash usuli. Qo‘lyozma asarlar o‘z ko‘chirilish tarixining muayyan bosqichlarida boshqa nom ostida ko‘chirilishi ham mumkin. Asarning xalq orasida mashhur bo‘lgan nomi yoki shu janr guruhiga kiruvchi atamalar bunga sabab bo‘ladi (masalan, “Hidoya”, “Muxtasar”, “Viqoya” yoki “Xazoyin ul-maoniy”, “Chor devon” kabilar). Asarning asl nomini tiklash uchun matnshunos o‘zi tadqiq etayotgan qo‘lyozma asarning nusxalarini qiyosan o‘rganib, saralash yo‘li bilan ular orasidan matni aynan takrorlanayotganlarini ajratib oladi. Ularning ahamiyatga ega o‘xshash jihatlarini, ya’ni tekstologik belgilari o‘rtasidagi mutanosiblikni tiklaydi. Nomi bir xil bo‘lgan matnlar o‘rtasida farq bor yoki yo‘qligini kuzatadi. Tekstologik belgilar barcha tavsifiy alomatlar, tahrir izlarini o‘z ichiga oladi.
14. Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli. Matnshunos asosiy matnni tuzishda qo‘lyoma asar nusxalarida uchraydigan farqlar, tushirib qoldirish yoki qo‘shib yozish kabi holatlarga duch keladi. Ularning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish va aniq to‘xtamga kelgandan so‘ng asosiy matnga tuzatish kiritish matnshunosdan katta mehnatni talab qiladi. Bu jarayonda yuqorida tilga olingan ayrim usullardagi kabi qadimiyroq nusxalarga tayanish ish bermaydi. Matnshunos birlamchi matn bilan o‘zi tuzatayotgan asosiy matn orasida ko‘chirilgan nusxalardagi matn bo‘lagini chiroyli va yaxshi o‘qilayotgani nuqtai nazaridan emas, mantiq jihatidan bog‘lanishi va muallifning g‘oyaviy-badiiy saviya va darajasiga mutanosibligi jihatidan kelib chiqib tahlil qilishi lozim.
15. Matnni sanalashtirish usuli. Matnning sanasi bo‘lmagan taqdirda matnshunos nusxalardagi tafovutlar, birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga qiynaladi. Qo‘lyozma asarni yoki uning nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy belgilari, qog‘ozi yoki hoshiyalardagi qaydlar vositasida taxminan belgilanishi mumkin. Sananing belgilanishi nusxalar tahriri va boshqa xronologik voqealarning matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun muhimdir.
16. Matnning yaratilish joyini aniqlash usuli. Matn muallifi aniq bo‘lmagan holatlarda matnning yaratilish joyiga qarab muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bunda matn voqealari bayoni, hoshiyalar va ochiq sahifalardagi qaydlar, muhrlar kabi matn tarixini ochishga imkon beradigan barcha imkoniyatlar o‘rganiladi. Matndagi shevaga xos fonetik, morfologik va leksik shakllar, muayyan makonga xos marosim va urf-odat, an’analar matnning yaratilish joyini aniqlashda yaxshi ko‘rsatkich bo‘la oladi.
17. Atributsiya va ateteza. Atributsiya deganda matn muallifini aniqlash tushuniladi. Ateteza esa, muayyan asarning muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda uni noo‘rin mualliflikdan himoya qilishga aytiladi. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azaliyot bo‘ladigan bo‘lsa, maqta’dagi taxallus vositasida, matn klassifikatsiyasi, sanalarni belgilash, tekstologik belgilar, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi bir qancha tekstologik tadqiq usullaridan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklashi mumkin. Ateteza holatida esa, bahs qilinayotgan muallifning barcha asarlari qiyosan o‘rganilib, hududiy va davriy, g‘oyaviy, uslubiy, tekstologik jihatdan kompleks tadqiq amalga oshiriladi va xulosa chiqariladi.
3.1983-yilni hijriy qamariy yilga aylantiring.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling