1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet4/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

(M-621):33+ (M-621) J: 1423

3
1. Xat turlari.
Yaratilgan barcha usliublarning asosini 7 xildagi xat turi ifoda etgan. Shuning uchun ham ular haqida muxtasar ma’lumot berish maqsadga muvofiq.



1. Muhaqqaq xati – bu xatning ko’proq qismi tekis, qolgan bo’laklari dumaloq shaklda yoziladi. Bu xat hijoziy va ko’fiy xatiga ko’proq o’xshaydi. Shu bois Ibn Muqla bu xatni «muhaqqaq» deb nomlab, uni boshqa xatlardan birinchi deb atagan.
2. Suls – bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. «Suls xati» deyilishiga sabab shuki, bunda qalamning uchinchi hissasi ishlatiladi yoki qalamning uchdan bir hissasi ko’proq ishga solinadi. Ibn Bavvob birinchi bo’lib nuqta o’lchovlariga tayangan holda, suls xati harflari shaklining grafik asoslarini ixtiro etgan.
3. Rayhoniy xati suls xatidan kelib chiqqan bo’lib, bunday nom ushbu xatning yozilish shakli rayhon barglariga o’xshashligi uchun berilgan.
4. Nasx xatining ixtirochisi mashhur san’atkor xattot Ibn Muqladir. Bu xat yuzaga chiqqandan keyin boshqa xatlar mansux bo’lib ishlatilmay qoldi. Ilmiy adabiyot va qo’lyozmalarda ko’p uchraydigan «g’ubor xati» nasx xatining mayda qalamda yozilishidir. Raqamlarga o’xshash mayda shaklda yozilgani uchun shunday nom berilgan.
Mashhur xattotlardan biri Said Qosim bitta guruch donasiga g’ubor xatida «Ixlos» surasini yozgan va shu xatning ixtirochisiga aylangan.

5. Tavqi’ xatining yarmi tekis, yarmi yumaloq chiziqdan tashkil topgan. Hijoziy xatiga o’xshashligi bor. O’ tmishda qozilar va hokimlar hujjatlarni aynan tavqi’ xati bilan imzolagan bo’lib, idora va mahkamalarda farmonlarga, maktub va qo’lyozmalarga tavqi’ uslibida imzo qo’yilgan.
6. Riqo’ xatining xususiyatlaridan biri, unda aksariyat harflar bir-biriga qurama qilib yoziladi. Riqo’ «ruq’a» so’zining ko’pligi bo’lib, «qog’oz parchasi» degan ma’noni anglatadi.
7. Ta’liq xati aslida, riqo’dir. Uning har xil shakllarga solib yozilishidan ta’liq xati yuzaga kelgan. Xoja Tojiddin Sulaymon va Abul Oliy ismli xattotlar bu xatga asos solganlar.
Xattotlar tilida «Al-xutut as-sab’a» ya’ni «yetti xat» deb yuritiladi

Mahoratli xattotlar ushbu xatlarning barchasini bilishi lozim.
Nasta’liq «nasx» va «ta’liq» atamalarining birikuvidan tashkil topgan. Mir Ali Hiraviy hamda Mir Ali Tabriziylar ana shu ikki xat asosida nasta’liq xatini yaratishgan. Buni forsiy xat ham deyishadi. Diyorimizda ko’plab kitoblar aynan shu xatda yozilgan.
Xattotlik san’ati yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, faqatgina kitobat bilan chegaralanmagan, ajdodlarimiz me’morchilik va xalq amaliy san’atning barcha jabhalarida husnixatdan foydalanishgan. Inshootlarning ichki (interyer) va tashqi (eksteryer) qiyofasini hikmatomuz, muqaddas so’z yoxud Qur’on sura va oyatlari bilan bezatishgan. Ushbu san’atga hukumatimiz tomonidan e’tibor yuksak darajada bo’lmoqda.
Taniqli, qilqalam xattot Habibullo Solih tomonidan yangi husnixat uslubining yaratilishi e’tiborga molik. Bu xatga “
Хаtti Zuxruf Habibiy” yoki “Xаtti Habibiy” deb nom berilgan.
Ushbu naqshin bezak xatning o’zgalaridan farqi unda fusunkor naqshlar, harflar, nuqtalarning qo’shiluvidan bezakli tasvir hosil qilingan.
Albatta, xattotlar qalam, qog’oz va siyoh tabiatini his qilib arabiy xatga yangiliklar kiritish ehtiyoji ularga ilhombaxsh kuch baxsh etgan.



2.Ilmiy-tanqidiy matn tuzish prinsiplari
Ilmiy-tanqidiy matn. Badiiy asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning nusxalari ko‘p bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilmiy-tanqidiy matn, bu – matn tarixini ilmiy o‘rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha tadqiqotchilar uchun qoidaga aylangan asosiy prinsiplari mavjud. Masalan, matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko‘rib chiqishi shart. Ba’zi asarlarning qo‘lyozma nusxalari orasidagi farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday holda ilmiy-tanqidiy matnni tuzuvchi matnshunos barcha nusxalarni kuzatishga majbur bo‘ladi. Ko‘p nusxalarga ega manbaning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning qadimiy, ishonchli nusxasi tayanch nusxa sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Jumladan, adabiyotshunos R. Zohid So‘fi Olloyorning “Sabot ul–ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtai nazaridan izchil tekshirgan va 25 (15 qo‘lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil ob’ekti sifatida olgan. Shunisi ahamiyatliki, R. Zohid saralangan 25 nusxani ham muayyan prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga: tayanch nusxa, asos nusxa, yordamchi nusxalarga ajratgan.
Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy qimmati yuksak bo‘ladi. Ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda matnshunosning asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. Bunday matnni tuzishda barcha jalb etilgan nusxalar matni tanqidiy o‘rganiladi.
Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir.


Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling