1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
Yoshun ey gul, ul gulrux jamoli,
Erur ham sodavu ham toza holi. Ҳалли: исм моддаси “жамоли”. “Жамоли” таҳлил қилинса, “жам” – “оли” бўлиб, икки жузвга бўлинади. Исмга яқин бўлган иккинчи жузв “жам” мақсаддир. “Жам”нинг нуқталари тасҳиф қоидасига кўра олиб ташланса “ҳам” бўлиб қолади. “Тоза” таҳлил қилинса, бу ҳам “то” ва “за” жузвларига бўлинади. Бундан ҳам иккинчи жузв, яъни “за” танланади. Мазкур “ҳам” “за” билан таркиб топганда “Ҳамза” бўлади. №12 Jadidlarning matnshunoslik faoliyati. XX asr boshlarida Turkistonda matnni tanqidiy o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning tashkil qilish muayyan ma’noda o‘zbek matnshunosligining yangicha yo‘nalishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi. 1920 yilning mart oyida Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasi Turkiston davlat nashriyotini (Turkdavnashr) ta’sis etish haqida qaror qabul qiladi. Ushbu nashriyotda bosilishi mo‘ljallangan asarlar o‘z tarkibiy tuzilishi, shakl va mazmuni bilan G‘arb an’analarini o‘zida aks ettirishiga alohida e’tibor berildi. Shu jarayonda yozma yodgorliklarning o‘rganilishi va nashr qilishiga bog‘liq masalalarga jadidlarning katta qiziqish bilan qaraganini ko‘rish mumkin. Turkiston jadidchilik harakati etakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy fan, san’at va madaniyatning rivojida o‘tmish madaniy-ma’naviy yodgorliklarini o‘rganish, targ‘ib etish muhim deb hisoblagan va 1913-yili o‘z xususiy nashriyoti – “Nashriyoti Behbudiya”ni tashkil qilgan edi. Ayni vaqtda Behbudiy kitob do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha katta ishlar olib borgan. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qo‘qon va Namanganda kitob do‘konlari ochdi[3]. Vadud Mahmud, Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari merosini ilmiy muomalaga kiritish va xalqni ularning ijodlari bilan tanishtirishda katta vazifalarni bajardilar. Masalan, adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mahmudni to‘la ma’noda matnshunos deya olmaymiz. Lekin uning ilmiy maqolalari, jumladan, “Navoiygacha turk adabiyoti”, “Alisher Navoiy”, “Fuzuliy Bag‘dodiy” kabi ishlarida qo‘lyozma va toshbosma nusxalardan “misqollab” yiqqan faktlari Alisher Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi” Vadud Mahmud XX asrdagi dastlabki o‘zbek navoiyshunoslardan edi. Jadid ijodkorlari o‘zbek adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil qilish ishlarini boshlab berdilar. Og‘zaki va yozma merosni o‘rganish, turkiy xalqlarning o‘tmish madaniyatini, ruhiyatini teran anglash jadidchilik g‘oyasini mustahkamlash hamda kengaytirish maqsadidan kelib chiqqan edi. Ma’rifatparvarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalarni qiyosiy o‘rganish, ilmiy tahlil qilish va nashr ettirish ishlariga keng e’tibor berishlar matnshunoslik rivojida yangi, tom ma’noda ilgarigi bosqichlardan o‘zining ilmiy yo‘nalishi bilan tubdan farq qiluvchi yangi bosqichga o‘tishga ko‘prik vazifasini bajardi. Serqirra olim Abdurauf Fitrat adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik sohasi tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shaxsdir. Fitrat yozma yodgorliklarning nashrga tayyorlanishiga prinsipial yondashdi. U bugungi kungacha o‘z ahamiyatni yo‘qotmay kelayotgan “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (1927),[8] “O‘zbek adabiyoti namunalari” (1928)[9] kitoblari materiallarini aynan qo‘lyozma manbalar asosida tayyorladi. Fitrat Navoiy asarlari manbalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Uning qo‘lyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab, chop ettirish kabi ishlari matnshunoslikka oid izlanishlar olib borganligini ko‘rsatadi. Fitrat mumtoz adabiyotimizning Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad YAssaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih, Mashrab, Turdi kabi vakillari ijodini eng qadimgi nodir qo‘lyozma asarlarga asoslanib o‘rganib chiqdi[13].Abdurauf Fitrat matnshunoslik masalalariga juda katta e’tibor qaratdi, matnlarni qiyosiy o‘rganishga harakat qildi. U o‘zining “Qutadg‘u bilig” haqidagi maqolasida kuyunchaklik bilan shunday yozadi: “Rusiyaning mashhur turkshunoslaridan professo‘r Samoylovich Moskvada men bilan ko‘rishganida “Devonu lug‘atit turk”dan foydalanib, “Qutadg‘u bilig”ning yangi bir bosmasini (tab’ini) tayyorlag‘anini bildirg‘an edi. Shuni bizning qo‘limizdag‘i nusxa bilan solishtirgandan so‘ng bostirsa edi, professo‘r janoblarining bu xizmatining ilmiy bahosi juda ortqon bo‘lar edi”[14]. Bu jumlalardan ma’lum bo‘ladiki, XX asr boshlaridayoq o‘zbek matnshunoslari rus matnshunoslari ishlariga tanqidiy baho bera oladigan darajada bilimli va o‘z qarashlarida sobitqadam olimlar bo‘lganlarAyni o‘sha munozara natijasida “Qutadg‘u bilig” asarining eng qadimgi va ishonchli nusxasi deb ilmda Abdurauf Fitrat muomalaga olib chiqqan Namangan nusxasi e’tirof etilgan. Jadidlarning ko‘pchiligi yaxshigina xattot bo‘lib, ko‘plab qo‘lyozmalardan nusxalar ko‘chirganlar. Masalan, shoir Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy Vasliy Samarqandiyning “Al-kalom ul-afham fi manoqibi imomi ul-A’zam” kitobini ko‘chirgani ma’lum[16]. Ta’rix turlarini misollar asosida izohlang. TA’RIX Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma bu – biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Masalan, Navoiy o‘zining “ Farhod va Shirin” dostonini tugatgan yilni shunday qayd etgan: Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling