Geksaxlorsiklogeksan, ya`ni geksaxloran–kristall modda, hasharotlarni yo`qotish uchun kuchli vosita sifatida ishlatiladi.
5. Oksidlanish reaksiyalari. 1) Benzol gomologlari to`yingan uglevodorodlarga qaraganda oson oksidlanadi. Bunda benzol halqasi bilan bog`langan radikallargina oksidlanadi. Benzol gomologlarining kuchli oksidlovchilar (KMnO4) ta`sirida faqat yon zanjirlari oksidlanadi:
C6H5CH3 C6H5COOH benzoy kislota
2) Benzol va uning gomologlari havoda tutab yonadi.
2C6H6 + 15O2 12CO2 + 6H2O
Ishlatilishi. Benzol bo`yoqlar, dorilar, portlovchi moddalar, o`simliklarni himoya qilish vositalari, plastmassalar va sintetik tolalar olishda eng qimmatli mahsulotdir. U shuningdek ko`plab organik moddalar uchun erituvchidir. Toluol bo`yoqlar va trinitrotoluol olishda ishlatiladi. Organik moddalarni ayrim xlorli xosilalari o`simliklarni himoya qilishda ishlatiladi.
3. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Neft–to`q qo`ng`ir yoki deyarli qara rangli o`ziga xos hidli moysimon suyuqlik. U suvdan yengil, zichligi 0,73–0,97 g/cm3, suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatidan neft–molekulyar massalari turlicha bo`lgan suyuq uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iboratdir. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlar, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan uborat, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo`ladi. Masalan, Boku va Emba neftlarida sikloalkanlar, Grozniy va G`arbiy ukraina neftlarida parafinlar, Ural va markaziy Osiyo neftlari tarkibida aromatik uglevodorodlar ko`p bo`ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |