1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari


Download 25.86 Kb.
bet5/9
Sana07.02.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1174353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aromatik uglevodorodlar

C6H6 + 6Cl2  C6Cl6 + 6HCl
Geksaxlorbenzol
Geksaxlorbenzol–rangsiz kristall modda, urug`larni dorilash uchun va yo`g`ochga shimdirish uchun ishlatiladi.
2. Nitrolanish reaksiyasi. Benzolning nitrat kislota bilan nitrolanish reaktsiyasi ham o`rin almashinish reaktsiyasiga kiradi. Bu reaksiyada sulfat kislota katalizator holida suvni tortib oluvchi modda vazifasini o`taydi:
C6H6 + HONO2  C6H5NO2 + H2O
nitrobenzol
Nitrobenzol–achchiq bodom hidli och sariq moysimon suyuqlik, suvda erimaydi, erituvchi sifatida hamda anilin olish uchun ishlatiladi.
3. Alkillash reaksiyasi. Benzolga AlCl3 ishtirokida uglevodorodlarning galogenli hosilalari ta`sir ettirilib, molekuladagi vodorod atomini alkil radikaliga almashtirish mumkin:
C6H6 + C2H5Cl  C6H5C2H5 + HCl etilbenzol
4. Birikish reaksiyalari. 1) Nikel yoki platina katalizatori ishtirokida benzol gidrogenlanadi, ya`ni vodorod biriktirib olib, siklogeksanga aylanadi:
C6H6 + 3H2  C6H12 siklogeksan
2) quyosh nuri yoki ultrabinafsha nur ta`sir ettirilganda benzol xlor bilan birikish rektsiyasiga kirishadi.
C6H6 + 3Cl2  C6H6Cl6 geksaxlorsiklogeksan

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling