1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh
Аylаnа diаgrаmmа yordаmidа аsinхrоn mоtоrlаr хоssаlаrini аniqlаsh vа ish хаrаktеristikаlаrini qo’rish
Download 1.44 Mb.
|
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju
3.Аylаnа diаgrаmmа yordаmidа аsinхrоn mоtоrlаr хоssаlаrini аniqlаsh vа ish хаrаktеristikаlаrini qo’rish.
Soddalashgan aylana diagrammani qurish quyidagicha amalga oshiriladi (3,a-rasm). Koordinata o‘qlari o‘tkaziladi va ordinatalar o‘qida kuchlanish vektori U1 qo‘yiladi. Toklar uchun masshtab mi (A/mm) tanlanadi va U1 ga 0 burchak ostida tok vektori I0 ni qo‘yib «0» nuqtani, qt burchak ostida esa tok Iqt.N vektorini yo‘naltirib «K» nuqta topiladi (bunda salt ishlash tajribasidagi tok I0 va burchak 0 ideal salt ishlashga mos deb qabul qilinadi). «0» nuqtadan absissalar o‘qiga parallel bo‘lgan OB chiziqni o‘tkazamiz. So‘ngra bu nuqtalarni birlashtirib, uning o‘rtasidan OB chiziq tomon H01 perpendikulyar o‘tkazamiz va toklar aylanasining markazi 01 ni topamiz, ya’ni 001 yoki 01B chiziqlar aylana diagrammaning radiusini beradi. "K" nuqtadan OB chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan chiziqni tushiramiz va bu kesmani / = r2/r1 nisbatda bo‘lib, «T1» nuqtani topamiz. Bunda stator chulg‘ami qarshiligi r1 tajriba vaqtida o‘lchanadi, r2 esa r2=rqt– r1 ayirmadan aniqlanadi). So‘ngra «0» nuqtadan «T1» nuqta orqali o‘tadigan chiziqni davom ettirib aylanada «T» nuqtani topamiz."OT" chiziq elektromagnit quvvat (yoki momentlar) chizig‘i hisoblanadi. Aylana diagrammada sirpanish liniyasi (shkalasi)ni qurish uchun toklar aylanasiga (0 nuqtada) ordinatalar o‘qiga parallel qilib urinma o‘tkaziladi. So‘ngra ixtiyoriiy balandlikdan elektromagnit quvvat chizig‘i OT ga parallel qilib foydali quvvat chizig‘ining davomi bilan kesishguncha QS to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Motorning A nuqtadagi rejimidagi sirpanish sA ni topish uchun 0 ni A nuqta bilan birlashtirib uni sirpanish shkalasi bilan kesishguncha davom qildiriladi (diagrammada bu chiziq ko‘rsatilmagan). Aylana diagrammada quvvat koeffiitsienti shkalasini qurish uchun ordinatalar o‘qida ixtiyoriy diametrda (100 mm bo‘lgani o‘lchash uchun qulay) yarim aylana chiziladi. U holda toklar aylanasidagi A nuqtadagi rejim uchun cosA quyidagicha topiladi, ya’ni 0ni A nuqta bilan birlashtirilgan to‘g‘ri chiziqning cos shkalasi bilan kesishgan nuqtasini birorta harf («h») bilan belgilansa (diagrammada bular ko‘rsatilmagan), unda cosA = 0h / 100. Aylana diagrammada foydali quvvat koeffiitsienti shkalasini qurib undan FIKni aniqlashda motordagi qo‘shimcha isroflar hisobga olinmagani tufayli katta xatolik kelib chiqadi. Odatda motorning FIK isroflar yig‘indisi Pni hisoblash orqali aniqlanadi (buni standart tavsiya qilgan).Asinxron mashinaning soddalashgan aylana diagrammasidan aniqlangan rejim parametrlarining aniqlik darajasi nominal tokkacha qoniqarli bo‘ladi, chunki bu oraliqda mashinaning aktiv va induktiv qarshiliklari kam o‘zgaradi. Demak, soddalashgan aylana diagrammani katta va o‘rta quvvatli asinxron mashinalarga qo‘llash maqsadga muvofiq ekan. 3-rasm. Asinxron motorninig soddalashgan (a) va aniqlashtirilgan (b) aylana diagrammalarini salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari ma’lumotlari bo‘yicha qurish; I0(td)–ideal salt ishlash toki. Agar aniq natijalar olish zarur bo‘lsa (kam quvvatli va ayniqsa asin-xron mikromashinalar uchun) aniqlashtirilgan aylana diagrammani (3,a-rasm) ideal salt ishlash ma’lumotlari bo‘yicha hamda almashtirish sxemadagi kompleks son «s1» ni ham hisobga olgan holda qurishni standart tavsiya qiladi. Buning uchun 3,a-rasmda qurilgan sodalashgan aylana diagramma bir oz o‘zgartiriladi, chunki tajribada o‘lchab olingan salt ishlash toki I0 va hisoblangan burchak 0 real holatdagi salt ishlash rejimiga mos keladi (3,a-rasmda, 0). Bundan ideal salt ishlash toki I0(id) ni topish uchun calt ishlash isroflari (P0)dan stator chulg‘amidagi elektr isroflari (Pe1(0)=m1I20r1)ni va motordagi mexanik isroflarni ayirgandan [ya’ni P0 – (Pe1(0)+Pmex)] quvvat masshtabi mp da hosil bo‘lgan natijani 0 nuqtadan absissalar o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda qo‘yib «0» nuqta topiladi. Bu nuqtani 0 nuqta bilan birlashtirib I0(id) vektori aniqlanadi. Iqt vektori 3,a-rasmdagidek quriladi. Toklar aylanasining markazini topishda, endi N01 perpendikulyarning 3,a-rasmdagidek 0B chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi emas, balki toklar aylanasi diametri 0L chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi bo‘ladi. 0L chizig‘i 0B gorizontal chizig‘ining 0 nuqtasidan soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda 2 burchak ostida o‘tkaziladi (bunda sin22I0(id)r1/U1). Burchak kompleks son «s1» ning argumentidir, ya’ni s1= s1e-jva fizik jihatdan kuchlanish U1 va EYK Ee1 vektorlari orasidagi siljish burchagini ifodalaydi. Toklar aylanasida sirpanish s = ga to‘g‘ri kelgan «T» nuqta «0» nuqtadan 0L chizig‘iga burchak ostida soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda o‘tkazilgan OT chizig‘ining toklar aylanasi bilan kesishishidan hosil bo‘ladi (tg = Dr1/U1, bunda D=mi – toklar aylanasining amperlarda qo‘yilgan diametri). Aylana diagrammadan biror rejim (masalan, A nuqtasi)ning energetik muvozanati uchun ma’lumotlar quyidagicha aniqlanadi. Diagrammada asinxron motorga berilgan aktiv quvvat P1 – kesma (berilgan quvvat liniyasi 0G ga tushirilgan perpendikulyar); elektromagnit quvvat Pem (momentlar masshtabi mM da–elektromagnit moment)-aylana diametri 0Lga o‘tkazilgan perpendikulyarning elektromagnit quvvat chizig‘i 0T (elektromagnit momenti liniyasi) bilan kesishgan nuqtasigacha bo‘lgan kesma; mexanik quvvat Pmex– 0L chizig‘iga perpendikulyar yo‘nalishda o‘tkazilgan mexanik quvvati liniyasi 0K gacha bo‘lgan kesma; foydali quvvat P2 – 0L chizig‘iga perpendikulyar yo‘nalishda o‘tkazilgan foydali quvvati liniyasi 0K gacha bo‘lgan kesma. Avtomatika sistemalarida ishlatiladigan asinxron ijrochi motorlar uchun odatda aylana diagrammalardan foydalanilmaydi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling