1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh
Аsinхrоn mоtоrlаr аylаnа diаgrаmmаsi
Download 1.44 Mb.
|
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju
2. Аsinхrоn mоtоrlаr аylаnа diаgrаmmаsi.
Asinxron mashina toklarining aylana diagrammasi sirpanishning har qanday qiymatida mashinaning ish rejimini xarakterlaydigan barcha elektromagnit kattaliklarni bilvosita aniqlashga imkon beradi. Asinxron motorning aktiv va induktiv qarshiliklari nisbatan o‘zgarib turishi mumkin. Bunday motorlar toklarining o‘zgarish diagrammasi ancha murakkab xarakterga ega bo‘ladi. Lekin asinxron motorning xarakteristikalari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun toklarning soddalashgan aylana diagrammasidan foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Quyida parametrlari o‘zgarmas deb va o‘zgaruvchan kattaliklar (kuchlanish, tok, MYK va boshq.)ning o‘zgarishi sinusoidal shaklda deb taxmin qilingan asinxron motorning soddalashgan aylana diagrammani qurish tartibi bilan tanishamiz. Bunday motorlar stator va rotor toklarining o‘zgarish diagrammasi aylana shaklda bo‘lgani uchun uni toklarning aylana diagrammasi deyiladi. Mazkur diagramma asinxron motorning soddalashgan G-simon almashtirish sxemasi (2-rasm) asosida quriladi.Bu sxemaning magnitlanish shoxobchasi parametrlari o‘zgarmasdir. Ishchi shoxobcha (r2+jx2) esa o‘zgaruvchan parametr (r2)ga ega. Bu shoxobcha uchun diagrammani kuchlanishlarning to‘g‘ri burchakli uchburchagi ABC ko‘rinishida tasvirlab berish o‘ng‘ay hisoblanadi. Bu uchburchakning katetlari: =UL=I2x2 va =Ur=I2r2 – kuchlanish U1 ning tegishlicha reaktiv va aktiv tashkil etuvchilari; =U1=Ur+jUL – motorga berilgan kuchlanish (2,b-rasm). ABC uchburchakning har bitta tomonini x2 ga bo‘libНДС uchburchagini hosil qilamiz. Bunda katet –I2 tok vektorini tasvirlaydi. Bu vektorga ordinatalar o‘qining musbat yo‘nalishida 2 = arctg(x2/ r2) burchak ostida U1 kuchlanish vektorini qo‘yamiz (2,c-rasm). Shunday qilib, elektr zanjiri (ishchi shoxobcha)ning yangi ish rejimi diagrammada D1 nuqtaning holati bilan aniqlanadi. Agar aktiv qarshilik r2ni keng ko‘lamda (0 dan gacha) o‘zgartirilsa, unda –I2 tok vektori diagrammada asinxron motorning aylana diagrammasini asoslashga doiralarda har xil holatni egallaydi va U1/ x2 diametrli aylanani tasvirlaydi. A gar aktiv qarshilik r2 =0 (sof induktiv yuklama) bo‘lsa D nuqta S nuqtaning ustiga tushadi. Aktiv qarshilik r2 = bo‘lganda tok I2 = 0 va shu sababli D nuqta C nuqtaning ustiga tushadi. Agar aktiv qarshilik 0 2-Asinxron motorning aylana diagrammasini asoslashga doir chizmalar. Agar diagrammani qurish motorni hisoblashda amalga oshirilsa, unda zaruriy parametrlar hisoblash jarayonida aniqlanadi. Agarda aylana diagrammani tayyor motor uchun qurish kerak bo‘lsa, unda diagrammaning dastlabki parametrlarini aniqlash uchun salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari natijalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Bu diagrammani salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan olingan qiymatlar yordamida qurish eng sodda usul hisoblanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling