1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh


Download 1.44 Mb.
bet8/22
Sana22.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1222452
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju

Almashtirish sxemalari. Asinxron mashinalarining toki, quvvati va kuchlanish pasayishini aniqlash uchun almashtirish sxemasidan foydalaniladi.
1 - rasm. Asinxron motorning: a - vektor diagrammasi; b - T-simon va c - G-simon almashtirish sxemalari
(E s.1(qis) = ws E or.1(qis) = 4,44 f Ф1 ws k qis.1) tenglamalari asosida quriladi. Almashtirish sxema bir-biriga elektromagnit vositasida bog‘langan stator va rotor zanjirlari parametrlarining qarshiliklari orqali ko‘rsatiladi.
T-simon almashtirish cxemasi. 1,b-rasmda asinxron mashinaning T- simon almashtirish sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxema asosiy uchta shoxobchadan:
1) qarshiliklari r1, x1 va toki I1 bo‘lgan stator zanjiri;
2) qarshiliklari r0, x0 va toki I0 bo‘lgan magnit zanjiri;
3) qarshiliklari r'2+r'2(1–s)s =r'2s, x'2 va toki (–I2) bo‘lgan rotor zanjiridan iborat.
Asinxron motorning magnit jihatdan bog‘langan stator va rotor chulg‘amlari T-simon almashtirish sxemasida (1,b-rasm) stator va rotor elektr zanjirlari bilan almashtirilgan. Bundagi aktiv qarshilik r'2(1–s)s ni qo‘zg‘almas rotor chulg‘amiga ulangan tashqi qarshilik sifatida qarash mumkin bo‘ladi. Bu holda asinxron mashina aktiv yuklama ulangan transformator sifatida ishlaydi va bu jarayonda sxema­dagi r'2(1–s)s qarshilik yagona o‘zgaruvchan parametr hisoblanadi.
Bu qarshilikning qiymati sirpanish bilan, demak, asinxron motor­ning o‘qiga qo‘yiladigan mexanik yuk bilan aniqlanadi. Masalan, agar motor o‘qidagi foydali (yuk) momenti M2 = 0 bo‘lsa, u holda sirpanish s  0 bo‘lganligidan r'2(1–s)s =  bo‘lib, bu hol motorning salt ishlash rejimiga mos keladi. Agar o‘qdagi yuk momenti aylantiruvchi momentdan katta bo‘lsa, u holda motorning rotori to‘xtaydi, demak, s = 1 bo‘ladi. Bunda r'2(1–s)s =0 bo‘lib, bu hol asinxron motorning qisqa tutashuv rejimiga mos keladi.
T-simon almashtirish sxema ish jarayonni to‘la aks ettiradi, lekin unda bir-biriga ta’sirlashadigan konturlar mavjud bo‘lib, ularni hisobga olish ancha murakkabligi uning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun amaliyotda soddalashtirilgan G-simon almashtirish sxema ishlatiladi (1,s-rasm). Bunda soddalashtirish magnitlovchi kontur (Z0=r0+jx0)ni umumiy klemmalariga chiqarish bilan amalga oshiriladi. Bunda magnit­lovchi tokning qiymati o‘zgarmay qolishi uchun bu konturga r1va x1 qarshiliklar ketma-ket ulanadi. Almashtirishning hosil qilingan sxemasi­da stator va rotor konturlarining qarshiliklari ketma-ket ulangan bo‘lib, ular ish konturini hosil qiladi. Magnitlovchi kontur ana shu konturga paral­lel ulangan bo‘ladi; bu holda konturlar bir-biri bilan ta’sirlashmay­di.
G-simon almashtirish sxemasi ish konturiining parametrlarini hisob­lashda aniqlik qilishni talab etadi, ya’ni ideal salt ishlashda (s=0) tarmoq kuchlanishi U1 ning stator chulg‘ami EYK E1 ga nisbati bilan aniqlanadigan s1= U1/ E1 kompleks koeffitsientini hisoblash formula­lariga kiritish bilan amalga oshiriladi.
G-simon almashtirish sxema uchun quyidagilarni yozish mumkin:
I1 = I0 + (–I2); I2 = I2/ s1 (7)
bu yerda: I1 va I2 – tegishlicha T-simon va G-simon almashtirish sxemasining ish konturi toklari; hisoblarda I0 I0 deb olganda xatolik kam bo‘ladi;
c1=1 + (r1 + jx1)/ (r0 + jx0) (8)
c1– G-simon almashtirish sxemaga kiritilgan kompleks son.
Bu sxemada kompleks c1ni uning moduli s1 bilan almashtirish mumkin. Quvvati 10 kw dan katta bo‘lgan asinxron mashinalar uchun c11,02 1,05. Asinxron mashinalardagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish uchun ko‘pincha s11 deb olinadi va hisob ishlarini yengillashtirib olin­gan natijalarning aniqligiga uncha ta’sir qilmaydi. G-simon almashtirish sxemasi magnitlovchi konturi ko‘chirilgan soddalashtirilgan almash­tirish sxemasi deyiladi.
Aylanayotgan rotor zanjirining toki sirpanish s da (3) va (4) larni hisobga olgan holda quyidagiga bo‘ladi:
I2s = E2s / . (9)
G-simon almashtirish sxemadan ish konturidagi tok qiymati quyidagicha hisoblanadi:
I2 = U1/ . (10)



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling