1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh


Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Download 1.44 Mb.
bet17/22
Sana22.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1222452
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju

Ma’ruza№10.
Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh.
R E J A:
1.Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh
2.Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini juft qutblаr sоnini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh
3.Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini sirpаnishni rоstlаsh bilаn rоstlаsh
4.Fаzа rоtоrli аsinxrоn mоtоr tezligini rоstlаsh
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini rostlash muammosi muhim ekspluatatsion ahamiyatga ega. Sanoatning ayrim sohalarida motorlarning rostlash harakteristikalariga juda yuksak (keng ko‘lamda rostlanishi, bir tekis rostlanishi va iqtisodiy samarali bo‘lishi kabi) talablar qo‘yiladi.
Asinxron motorning aylanish chastotasi

bo‘yicha aniqlanadi. Bundan ko‘rinishicha, motorning aylanish chastо­ta­sini rostlash uchun unga berilayotgan kuchlanish chastotasi f1ni, juft qutblar soni «p» ni va sirpanish «s» ni o‘zgartirish kerak ekan.
1.Kuchlanish chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chastо­ta­ni rostlash (chastotali rostlash).
Motorning aylanish chastotasini bunday usul bilan rostlashda o‘zgaruvchan aylanish chastotali sinxron genera­tor, elektr mashinali yoki boshqariladigan yarim o‘tkazgich ventilli (tiris­tor­li) statik (ya’ni aylanmaydigan) chastota o‘zgartgichlardan foydalanila­di.
Chastotali rostlashning asosiy qonunini birinchi marta akademik M.P. Kostenko ta’riflab bergan va u quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
U1 / U1 = (f1 / f1) , (1)
bunda: U1va M – f1 chastotadagi kuchlanish va moment; U1va M – o‘zgartirilgan f1 chastotaga mos keladigan kuchlanish va moment.
(1) ga binoan, motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini, quvvat koeffisientini va FIK ni talab qilingan qiymatda o‘zgarmas holda saq­lash uchun chastota f1 ni o‘zgartirish bilan bir vaqtda stator chul­g‘ami­ga berilayotgan kuchlanish U1 ni ham o‘zgartirish kerak ekan.
Agar motorning aylanish chastotasi yuk moment o‘zgarmas (M=M=const) bo‘lgan shartda rostlansa, unda motorga beriladigan kuch­lanish­ni tok chastotasining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgar­tirish zarur bo‘ladi, ya’ni:
U1 = U1 f1/ f1 (2)
Bunda motorning quvvati aylanish chastotaning ko‘payishiga mutanosib ravishda oshadi. Agar aylanish chastotani rostlash motor quvvati o‘zgarmas (Pem=M1=const) bo‘lgan shartda amalga oshirilsa, unda beriladigan kuchlanishni quyidag qonunga mos o‘zgartirish kerak bo‘ladi:
U1 = U1 . (3)
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini stator toki chastotasi f1 orqali rostlashda uning energetic xarakteristikalari o‘zgarmasdan qolishi va aylanish chastotaning bir tekis rostlanishiuning afzalligi bo‘lsa, bu usulning murakkabligi va qimmatligi esa uning jiddiy kamchiligidir.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling