1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini sirpаnishni rоstlаsh bilаn rоstlаsh
Download 1.44 Mb.
|
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Fаzа rоtоrli аsinxrоn mоtоr tezligini rоstlаsh.
- Ma’ruza№11. Sinхrоn mаshinаlаrning qo’llаnilish sоhаlаri. Sinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. Аniq vа nоаniq qutbli sinхrоn mаshinаlar.
- 3. Аniq vа nоаniq qutbli sinхrоn mаshinаlar. 1.Sinхrоn mаshinаlаrning qo’llаnilish sоhаlаri.
3.Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini sirpаnishni rоstlаsh bilаn rоstlаsh
Sirpanish s nio‘zgartirishuchun stator chulg‘amiga be riladigankuchlanishni (3,a-rasm), uchfazalikuchlanishsimmetrikligini (3-rasm) va rotor zanjiriningaktivqarshiliginio‘zgartirish (3,b-rasm) kerakbo‘ladi. Motorgaberiladiganuchfazalikuchlanishsimmetrikliginio‘zgartirishuchununingbittafazasigaavtotransformatorulabshufazaningkuchlanishqiymatio‘zgartiriladi. Bu holdateskarimaydon ham vujudgakelib, natijaviyelektromagnit moment (M=Mto‘g’ – Mtes) kamayadi; buesasirpanish s nio‘zgartiradi (3-rasm). Aylanishchastotanirostlashningbuusulifaqatkamquvvatliasinxronmotorlardaqo‘llaniladi. 3-rasm. Asinxronmotorgaberiladiganuchfazalikuchlanishtizimisimmetrikliginio‘zgartiribaylanishchastotanirostlashdamexanikxarakteristika (a), (bunda: 1 - simmetrikva 2 - nosimmetrikkuchlanishlarda) amda b - tarmoqqaulashsxemasi 4.Fаzа rоtоrli аsinxrоn mоtоr tezligini rоstlаsh. Rotorzanjirigareostatulabasinxronmotorningaylanishchastetasinirostlashda (5,b-rasmga 11-ma’ruzagaqarang) aylanishchastotabirtekisvakengko‘lamdao‘zgartiriladi.Buusulbilanamaliyotdaaylanishchastetakichikoraliqlardao‘zgartirilishimumkin, chunkirotorzanjiridagiqo‘shimchaqarshilikoshirilgandarotordagielektrisroflaroshibketadi. Ma’ruza№11. Sinхrоn mаshinаlаrning qo’llаnilish sоhаlаri. Sinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. Аniq vа nоаniq qutbli sinхrоn mаshinаlar. R E J A: 1.Sinхrоn mаshinаlаrning qo’llаnilish sоhаlаri. 2. Sinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi 3. Аniq vа nоаniq qutbli sinхrоn mаshinаlar. 1.Sinхrоn mаshinаlаrning qo’llаnilish sоhаlаri. Statorda hosil bo‘lgan aylanma magnit maydonning aylanish chastotasi rotorning aylanish chastotasi bilan bir xil chastotada aylanadigan mashinaga sinxron mashina deyiladi. Sinxron mashinalar motor, generator va kompensator rejimlarida ishlatilishi mumkin. Elektr stansiyalarda o‘zgaruvchan tok energiyasini sinxron generatorlar (turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar) ishlab chiqaradi. Quyida kam quvvatli va yirik sinxron mashinalar konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumot bilan tanishamiz 1-rasm. Ayon qutbli kam quvvatli sinxron mashinaning tuzilishi: 1 - elektromagnit qo‘z atgich; 2 - tayanch tagligi (podpyatnik); 3 - kontakt alqalar; 4 - cho‘tka tutqich va cho‘tkalar; 5 - podshipnik qalqoni; 6 - stator po‘lat o‘zagi; 7 - qutb uchligi; 8 - stanina; 9 - stator o‘zagi pazlari (chul ami bilan); 10 - qutb (qo‘zatish chul ami bilan); 11 - rotor yarmosi (ostov); 12 - o‘q; 13 - podshipnik; 14 - ventilyator; 15 - stator chul amining chiqish uchlari Ayon qutbli kam quvvatli elektromagnit qo‘zg‘atgichli sinxron mashinaning tuzilishi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda rotorga tegishli asosiy qismlar: o‘q (12), unga mahkamlab joylashtirilgan ostov(корпус), ya’ni rotor yarmosi (11), bunga o‘rnatilgan magnit qutblar, ya’ni qutb o‘zagi va qutb uchligi (7), o‘zakning tashqarisida qo‘zg‘atish chulg‘ami (10), mashinani sovitgich–ventilyator (14) hamda mashinaning qo‘zg‘atgich tomoniga o‘rnatilgan kontakt halqalar (3)dan iborat. Katta quvvatli (yirik) sinxron mashina (SM)larning ayrim qismlariga juda katta mexanik va elektromagnit yuklamalar kuchli ta’sir qiladi. Yuklamasining jadalligi bo‘yicha bu mashinalar boshqa hamma elektr mashinalalaridan ustun turadilar. Shuning uchun ularda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi tufаyli ularni jadallik bilan sovitish talab qilinadi. Yirik sinxron mashinalar konstruksiyasiga ko‘ra turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va sinxron motorlarga bo‘linadi. 2-rasm. Ayon qutbli (a) (bunda: 1 - kontakt halqalar; 2 - generator rejim uchun tinchlantirish, motor rejimi uchun esa ishga tushirish chulg’ami; 3 – qo‘zg’atish chulg’ami; 4 - rotor yarmosi; ayon bo‘lmagan qutbli (b) (bunda: 1 - kontakt halqalar; 2 – qo‘zg’atish chulg’amining bandaji, ya'ni kamari; 3 - rotor tanasi (yarmosi); 4 - ventilyator; 5 - o‘q) sinxron mashinalari rotorlarining umumiy ko‘rinishi; ayon bo‘lmagan qutbli sinxron mashina rotorining ko‘ndalang kesimi (c) (bunda 6 – qo‘z g’atish chulg’ami) Turbogeneratorlarning rotorlari (2,b-rasm) oliy sifаtli, bolg‘alanib yasalgan, yaxlit (ya’ni quyma) po‘latdan yasaladi; Eng katta quvvatli turbogenerator rotorining diametri (aylanish chastotasi n = 3000 ayl/min bo‘lganda) markazdan qochirma kuchlarni cheklash maqsadida dr=1,21,25 m. dan oshmasligi, rotor tanasining uzunligi esa, o‘qning egilishini cheklash maqsadida lr = 77,5 m. dan oshmasligi kerak. Rotor (ya’ni qo‘zg‘atish) chulg‘amining tayyorlanishi sovitish tizimiga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki sovitish tizimida chulg‘am o‘tkazgichlarining ichida sovitish kanallari bo‘lib, ulardan vodorod yoki distillangan suv o‘tib issiqlik aktiv zonadan sovitish tizimiga uzatiladi. Issiqlik elektr stansiyalarida turbogeneratorlar o‘rnatilgan bo‘ladi va ular n=3000 ayl/min (2p=2) aylanish chastota bilan ishlagani uchun turbogeneratorning va bug‘ mashinasining gabariti va massasini ancha kamaytirishga imkon beradi. Dunyoda eng katta quvvatli turbogenerator (1200 MW) «Elektrosila» OAJ da (Sankt-Peterburg, Rossiya) tayyorlanib Kostroma issiqlik elektr stansiyasida ishlab turibdi. Atom elektr stansiyalarida reaktorlar ishlab chiqargan bug‘ning bosimi nisbatan kam bo‘lganligidan, turbina va turbogeneratorlarning aylanish chastotasi n=1500 ayl/min (2p = 4) qilib ishlatish tejamli hisoblanadi. Quvvati 200–300 MW bo‘lgan turbogeneratorlar texnik jihatdan eng takomillashgan, tejamli va ishonchli hisoblanadi. Stator va rotor chulg‘amlarini ichidan suv bilan sovitishda turbogeneratorlarning eng katta quvvatini 2 mln.kW gacha oshirish imkoniyati bo‘ladi xolos. Bitta turbogeneratorning quvvatini yana ham oshirishni, faqat rotor chulg‘amini tayyorlashda o‘ta o‘tkazuvchanlik materialidan foydalanganda erishish mumkin (bunday turbogeneratorni krioturbogenerator deyiladi). Bunda hozirgi ishlab turgan quvvatlardagi turbogeneratorlarning FIK ni oshirish va materiallar sarfini 23 marta kamaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda quvvati 100 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarni havo bilan sovitish tizimi qo‘llanila boshlandi, istiqbolda esa bunday tizimni quvvati 200 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarda qo‘llash mumkinligi isbotlangan. Bu holda konstruksiya ancha oddiy bo‘lib, turbogeneratorning tannarxi ham kamayadi. Gidrogeneratorlarda rotorining aylanish chastotasi kam (n = 50 500 ayl/min) bo‘lib, ularning katta quvvatlisi vertikal (tik) o‘rnatiladigan qilib yasaladi. 3-rasmda bunday gidrogeneratorlarning osma va soyabon tiplarining konstruktiv sxemalari tasvirlangan. 3-rasm. Gidrogeneratorlarning konstruktiv sxemalari - osma (a) va soyabon (b) tiplari:1 - ustki krestovina (ya'ni rotorni yuqoridan ko‘targich); 2 - yonbosh tayanchi; 3 – yo‘naltiruvchi poshipniklar; 4 - rotor; 5 - stator; 6 - pastki tayanch; 7 - o‘q flanesi (ya’ni turbina va generator o‘qlarini birlashtiruvchi detal); 8 – turbina; 9 – fundament (asos); 10 – turbinaning yo‘naltiruvchi podshipniklari Gidrogeneratorlarda stator va rotor chulg‘amlari hamda stator po‘lat o‘zagi bevosita distillangan suv bilan sovitiladi. Agar bunday sovitish tizimini xuddi shunday quvvatga ega bo‘lib, tashqaridan (sirtidan) havo bilan sovitish tizimi bilan solishtirilganda distillangan suv bilan sovitish tizimida bir xil o‘lchamdagi gidrogenerator quvvatini 2 marotaba oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda Sayano-Shushensk GES da (Rossiya) har bittasining quvvati 640 MW (720 MVA) aylanish chastotasi n=142,8ayl/min bo‘lgan gidrogeneratorlar ekspluatatsiya qilinmoqda. Uning tashqi diametri taxminan 15 m, rotorining diametri 12 m, stator magnit o‘tkazgichining uzunligi 2,75 m, qutblar soni 2p = 42. Xitoyning Yanszi daryosida 2010 yilda ishga tushirilgan dunyoda eng katta GES qurildi. Bunda har bittasining quvvati 700 MW bo‘lgan 26 ta gidrogenerator qo‘yilgan. Sinxron motorlarning quvvati bir nechta o‘nlab MW ga yetadi. Ularning aylanish chastotasi n=1003000 ayl/min oraliqda bo‘lib: aylanish chastotasi n1500 ayl/min. gacha bo‘lganda ayon qutbli qilib, n1500 ayl/min bo‘lganda esa ayon bo‘lmagan qutbli qilib tayyorlanadi. Ayon qutbli sinxron mashina qutblarining po‘lat o‘zagi yupqa (katta quvvatlida qalinligi 1-2 mm bo‘lgan konstruksion po‘lat tunukasimon plastinalaridan, kam quvvatlida esa qalinligi 0,5-1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat plastinalaridan) yig‘iladi. Ayon qutbli rotorning har qaysi qutb o‘zagi tashqarisiga qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtiriladi va ular ketma-ket ulanadi. Bu chulg‘amlarning ikki uchi, o‘qga mahkamlangan va undan izolyatsiyalangan mis yoki latundan yasalgan kontakt halqalarga ulanadi. Mashinaning qo‘zg‘almas qismiga cho‘tka tutqich orqali mahkamlangan cho‘tkalar halqalarning sirtiga tegib kontakt hosil qiladi. Cho‘tkalar simlar yordamida mashinaning tashqi klemmasiga ulanadi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami (2,a-rasm), ya’ni induktorning uchlari I1 va I2 (yangi standart bo‘yicha – F1 va F2 lotin) harflari bilan belgilanadi. Sinxron mashinaning qutb uchligidagi pazlarga maxsus qisqa tutashgan chulg‘am, ya’ni dempfer chulg‘ami (2,a-rasm) joylashtiriladi. Bu chulg‘am motor rejimida ishga tushirish, generator rejimida esa – tinchlantirish (so‘ndirish) vazifаsini bajaradi. Mashinada sinusoidal EYK olish uchun mashinaning havo oralig‘ida magnit oqimi sinusoidaga yaqin shaklda tarqalgan bo‘lishi kerak. Bunga erishish uchun ayon bo‘lmagan qutbli sinxron mashinalarda qo‘zg‘atish chulg‘amini joylashtirishda yuqori garmonika MYK larning amplitudasi eng kam bo‘lishiga intiladi, ya’ni qo‘zg‘atish chulg‘ami rotor po‘lat o‘zagi yuzasining taxminan 2/3 qismida tayyorlangan pazlarga taqsimlangan holda joylashtiriladi, qolgan 1/3 qismini esa «katta tish» hosil qiladi. Ayon qutbli sinxron mashinalarda esa qutb uchliklarining chetlaridagi havo oralig‘i uning markazidagi havo oralig‘iga nisbatan kattaroq qilib olinadi. Yakor (stator) chulg‘amida esa tarqalgan va qadami qisqartirilgan chulg‘am ishlatiladi. Tokning 3-garmonikasini yo‘qotish va mashinada quvvat isrofini kamaytirish maqsadida uch fаzali generatorlarning yakor chulg‘ami «yulduz» usulida ulanadi. Bunda liniya kuchlanishlarida ham 3-garmonikalar bo‘lmaydi. Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan magnit oqimi va yakor chulg‘amidan olinadigan EYK ning shakli deyarli sinusoidal bo‘ladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling