1 Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 2 Axloq kodeksining asosiy talablari
Download 0.82 Mb.
|
Audit mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi
- Axloq kodeksining asosiy talablari
- Auditning axloq kodeksi tamoyillari
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
“Audit”fanidan MUSTAQIL ISHI MAVZU: Auditning axloq kodeksi tamoyillari REJA:
1 Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 2 Axloq kodeksining asosiy talablari 3 Auditning axloq kodeksi tamoyillari 4 Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika qasamyod qilgan bux- galterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal qilayotgan audi-torlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja operat-siyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish fao-liyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qism-dan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushunti- rishlar va etik me’yorlar.
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lo-zim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamo-yillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir: 1.Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim. 2.Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malaka-ga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish. 3.Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bi- lan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 4.Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 5.Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqo-ri ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat man- faatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tu- tishi zarur. Axloq kodeksining talablari Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish Auditorningob’ektivligi Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi) Mijoz axborotining maxfiyligi Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati Auditorning mustaqilligi Auditorning kasbiy mahorati Soliq munosabatlari Professional xizmat uchun haq to’lash Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati Nashr qilinadigan axborot va reklama Xalqaro faoliyat Axloq kodeksining asosiy talablari Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan ta-moyillar keltirilgan, ya’ni: - halollik, - mustaqillik, - ob’ektivlik (xolislik), - malakaviy kompetentlik, - maxfiylik va boshqalar.
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim. O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda: Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish; Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur. Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi. Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi. Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi. Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi. Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur. Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi. Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim. Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling