1. Avlodlar merosini o‘rganamiz. Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan?
Download 26.96 Kb.
|
11-sinf ona tili va adabiyot
Bir butun Vatanni istayman, xolos.
Deya baralla hayqirgan ijodkor kim edi? A) Usmon Azim B) Oydin Hojiyeva C) Rauf Parfi D) Erkin Vohidov 19. Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur, Kim, jonga qaro balo bo‘lubtur. (A. Navoiy) Baytida qanday she’riy san’atdan foydalanilgan? A) rad ul-matla B) tajnis C) tardu aks D) tarse 20. “Qutadg‘u bilig” dostonida keltirilgan ushbu satrlar kim haqida? Eligga yarasin bu san’at-hunarlarim, (Elig) xursand bo‘lsin, mening tashvishlarim ketsin. Zakovatli, bilimli, yumshoq fe’lli bek emish, San’at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish. A) Alp Er To‘nga B) Oyto‘ldi C) O‘zg‘urmish D) O‘gdulmish 21. Ushbu matnda qanday xatolik (lar) uchraydi? 22. Ushbu matnda ostiga chizilgan so‘z qanday ma’noni ifodalaydi? 23. Ushbu matnda belgilab ko‘rsatilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi? 24. Tamaddun, qal’a, mutolaa kabi so‘zlar qaysi tildan o‘zlashganligini aniqlang. 25. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. – Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir. Ushbu gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar urg‘usini qo‘ying. 3-variant 1. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri o‘zbek tilida aylanma shamolga nisbatan qo‘llanmaydi? A) quyun B) uyurma C) to‘fon D) girdbod 2. Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko‘rardi. Ushbu gapda ostiga chizilgan so‘z ma’nosini aniqlang. A) huquqshunos B) tarixchi C) tilshunos D) hadisshunos 3. Qaysi gapda imoviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Odobli, aqlli, mehnatsevar, e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. B) Temur dushmanlariga ofat keltiruvchi, askaru lashkarboshilariga qattiqqo‘l, xalqiga esa saxovatli ota kabi edi. C) Dono xalqimiz, g‘araz va hasad bilan yashaydigan, o‘z shaxsiy manfaatiga o‘zgalar hisobidan erishishni ma’qul ko‘radigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan kimsadan o‘zi asrasin, deydi. D) Bag‘rikeng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g‘am-tashvishi bilan yashaydigan kishilarni esa, aksincha, boshiga ko‘taradi. 4. Orttirma darajadagi sifat to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan gapni toping. A) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajab emas. B) Dum-dumaloq lo‘ppi yuzi, kichik burnini xotirlayman. C) O‘ng tomonda, jar boshida pastakkina kichkina uydan shovqin eshitiladi. D) Qirg‘ovullar O‘rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan hisoblanadi. 5. Vodoprovod yonidagi oshrayhondan bir shox sindirib olib, kaftiga urdi. Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. Ushbu gapda ko‘chimning qaysi turi qo‘llangan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 6. O‘zaro antonim so‘zlardan hosil bo‘lgan juft sifatlarni belgilang. 1) yaxshi-yomon; 2) halol-harom; 3) keksa-mo‘ysafid; 4) xafa-xursand; 5) urush-tinchlik; 6) mehnatkash-ishchan; 7) kun-tun A) 1, 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4 7. Avlodlar merosini o‘rganamiz. Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan? A) jo‘yaliligi B) aniqligi C) to‘g‘riligi D) sofligi 8. “Isyon qo‘shig‘i” qaysi asarda uchraydi? A) “Ruhlar isyoni” B) “O‘tkan kunlar” C) “Tanho qayiq” D) “Sohibqiron” 9. Tasavvufda kosa, jom, qadah, shisha, idish nimaning ramzi? A) ko‘ngil, qalb B) yor C) ishq D) yor kalomi 10. Qaysi asar Abulqosim al-Muqtadoga bag‘ishlab yozilgan? A) “Qutadg‘u bilig” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Hibbat ul-haqoyiq” D) “Devonu lug‘otit turk” 11. Bog‘lovchining vazifasiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ipak kiyim-kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo‘lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig‘ir tolasidan to‘qilgan mato qo‘yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. B) Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda “antitanacha”lar hosil bo‘ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. C) Muallifning Vatan, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati shu qadar yuksak bo‘lsin, mukofot va lavozim ilinjiga o‘rin qolmasin. D) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi. 12. Odobli, aqlli, mehnatsevar, e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Ega vazifasida kelgan sifatlanmish mavjud. B) Kesim vazifasida kelgan sifatlanmish mavjud. C) Kesim vazifasida kelgan qaralmish mavjud. D) Ega vazifasida kelgan qaralmish mavjud. 13. Berilgan gaplarning qaysi birida fe’l nisbatlarining uch turi ishtirok etgan? A) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda. B) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi. C) O‘g‘li va kelinining bu kabi yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib yig‘lardi. D) Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi. 14. Tarkibidagi barcha yasama so‘zlar turli so‘z turkumiga mansub bo‘lgan sodda gapni aniqlang. A) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularning nomini bilmas, shu daqiqadagi holatini o‘rtoqlariga ham izohlab berolmas edi. B) Hunarlaringni, didlaringni rosa ishlatib, chiroyli bino qurib bersalaring, sevinamiz. C) Shuni unutmaki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. D) O‘rindiqning bir chekkasida o‘tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. 15. Egasi yasama so‘z bilan ifodalangan bosh gap ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. B) Hunar ado bo‘lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish payida bo‘l. C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. D) Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. 16. Qaysi gapda egalik qo‘shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ko‘rsatib kelmoqda? A) Qurbon cholning gapini eshitib hayron bo‘ldi. B) Kunduzi juda aniq ko‘rinadi. C) Bilganingni eldan ayama. D) Orol dengizi yildan yilga qisqarib bormoqda. 17. Qaysi gapda tarixiy so‘z mavjud? A) Rayonga aziz mehmonlar kelishar ekan. B) Men buyuk yurt o‘g‘lidirman, Men bashar farzandiman C) Sijistonda bo‘lgan jang Amir Temur nomiga “lang” so‘zining qo‘shilishiga sabab bo‘lgan. D) – Sizkim, adolatli qozi bo‘lsangiz, ayting, kishi gunohiga necha qayta jazolanmog‘i mumkin? 18. Men faqat Turkiston atalgan yorqin, Download 26.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling