1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1546381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

2. Biznesda axborot tizimlari 
Biznesda ishlatiladigan quyidagi axborot tizimlar turlari mavjud: elektron 
tijorat tizimlari, tranzaktsiyalarni qayta ishlash (processing), boshqaruv AT, 
qarorlarni qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash tizimlari. Undan tashqari ba’zi 
tashkilotlar maxsus- maqsadli tizimlarni ishlatadilar: sun’iy intellekt, ekspert 
tizimlar, virtual voqelik va boshqalar. 
Elektron tijorat – axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan 
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik 
faoliyati. Elektron tijoratni toʻrt yoʻnalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga 
(busines- to-business, B2B); biznes iste’molchiga (business-to--consumer, B2S); 
biznes ma’muriyatga (business-to-administration, B2A); iste’molchi ma’muriyatga 
(consumer-to-administration, S2A). Shuningdek, keyingi vaqtda iste’molchi 
iste’molchiga (consumer-to-consumer, S2S) va iste’molchi biznesga (consumer-to- 
business, S2B) modellari rivoj topmoqda. 


1-rasm. Elektron tijorat: Oʻzbekiston xom-ashyo birjasining veb-sayti 
Tranzaktsiyalarni qayta ishlash (transaction processing) tizimlari. 
Oʻtgan asrning 50-chi yillaridan boshlab kompyuterlar biznesda har kungi 
mayda, koʻp mehnatni talab kiladigan ishlarda ishlatila boshlangan. Tranzaktsiya – 
any business related exchange. Masalan: mijoz amalga oshirgan toʻlov, ishchiga 
toʻlangan ish haqi. Tranzaktsiyalarni qayta ishlash tizimi bu biznes tranzaktsiyalarini 
saqlab qolish va qayta ishlash uchun foydalaniladiganodamlar, jarayonlar, dasturlar, 
ma’lumot bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan toʻplamdir. 
Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal 
qilish uchun moʻljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar 
(masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va 
zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining 
axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. 
Koʻpincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat koʻrsatadi va mustaqil hisoblanadi, 
ya’ni oʻzining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta’minotiga ega boʻladi. 
Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma’lumotlar bazasi tamoyili 
boʻyicha qurilgan boʻlishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi 
butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona 
foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga yoʻnaltirilgan 
boʻladi.
Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga 
erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa boshqaruv 
operatsiyalarini odamning oʻzi bajaradi. 
Shuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona 
rahbariyatiga turli ma’lumotnomalar va hisobot shakllarini berishga yoʻnaltirilgan 
boʻladi. 


2-rasm. OpenOffice dasturining boshqaruv tizimida 
qoʻllanilishi 
Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning oʻzida axborot-ma’lumot 
tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimlarda soʻrovlar odatda doimiy va 
reglamentli xarakterga ega boʻladi. Axborot tizimi bu soʻrovlarni amalga oshira 
borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati toʻg’risidagi axborotga muntazam 
ravishda (har kuni, har haftada va hokazo) ishlov berish natijasida ma’lumot 
shakllarining muayyan roʻyxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi soʻrovlarga 
ham xizmat koʻrsatadi. 
Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash 
operatsiyalari bilan bog’liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday 
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash 
(kasalliklarga tashhis qoʻyish, uskuna va priborlarning nosozliklari sabablarini 
aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida 
ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari asbobsozlik va mashinasozlik, 
radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, 
elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal 
qiladi. 
Hisoblash tizimlarining funktsiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga 
ham xos boʻlishi mumkin. Masalan, kutubxonalarda foydalaniladigan hujjatli 
axborot-qidiruv tizimlari doirasida qidirish vazifalari bilan bir qatorda koʻplab 
hisoblash-statistika vazifalari ham bajarilishi, kitob fondining harakati toʻg’risidagi 
ma’lumotlar qayd etilishi, kitobxonlar kontingenti toʻg’risidagi ma’lumotlar hisobga 
olinishi, hisobotlar uchun materiallar tayyorlanishi mumkin va hokazo. 


Yuqorida koʻrib chiqilayotgan axborot tizimlarining barcha turlari 
foydalanuvchini faqat qachonlardir tizimga kiritilgan va uning axborot massivlarida 
saqlanayotgan ma’lumotlar hamda faktlar orasidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi. 
Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli oʻlaroq ilgari bevosita 
shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy 
tahlil qilish, umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan 
axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassis-tadqiqotchi 
mehnatining oʻrnini bosib, ilmiy-tadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni 
ba’zan intellektual tizimlar deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun’iy 
intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi. 
Yuqorida koʻrib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu 
jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchilarning 
tizim bilan oʻzaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar 
yordamida foydalanuvchi oʻz soʻrovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, 
tizim unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi. 
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba’zi tizimlarda amalga 
oshirilishi mumkin boʻlgan soʻrovlarning qat’iy belgilangan roʻyxati mavjud 
boʻladi. Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar toʻla javob bera olishi 
mumkin boʻlgan soʻrovni tanlaydi va uni tizimga koʻrsatadi. Bunday tizimlar 
namunali (standart) soʻrovli tizimlar deb ataladi. 
Har qanday ixtiyoriy soʻrovlarni amalga oshira oladigan tizimlar 
foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Soʻrovlarni shakllantirish 
uchun tizim soʻrovlar tiliga, ularni tuzish qoidalariga ega boʻlishi kerak. 
Foydalanuvchining tizim bilan muomalasi insonning mashina bilan muloqoti 
shaklidagi muomalasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan 
tanishib, oʻz soʻrovini tuzatish imkoniyatiga ega boʻladi. 
Shuni qayd etib oʻtish zarurki, har qanday muayyan axborot tizimi 
tizimlarning alohida ajratib koʻrsatilgan turlariga xos boʻlgan xususiyatlar majmui 
bilan tavsiflanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda axborot tizimlari qoʻllanish 
sohasiga bog’liq holda tizimning oʻzigagina xos xususiyatlarga ega boʻladi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling