1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1546381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

3. 
Axborot tizimlarining turlari. 
Axborot tizimlari (AT) ma’lum kriteriyalarga koʻra bir nechta turlarga 
ajratiladi.
Avtomatlashtirish darajisiga koʻra axborot tizimlari qoʻlda bajariladigan 
avtomatlashtirilgan va avtomat tizimlarga boʻlinadi.
Koʻlda bajariladigan AT xamma qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan 
bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Avtomatlashtirilgan AT - ma’lumotlarni boshqarish yoki qayta ishlash 
funksiyasining bir qismi avtomat tarzda ikkinchi bir qismi inson tomonidan 
bajariladi. 
Avtomat AT - ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlashning barcha 
funkstiyalari inson qatnashuvisiz (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat 
ravishda boshqarish) amalga oshiriladi.
Qoʻllanish soxasiga koʻra:
Ilmiy izlanishlar (tadqiqot )ni avtomatlashtirish;


Avtomatlashtirilgan loyixalashtirish;
Tashkiliy- boshqaruv;
Texnologik jarayonlarni boshqarish;
kabi turlarga boʻlinadi. 
Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni 
taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun moʻljallangan. 
Loyixalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar 
va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan.
Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funkstiyalarini avtomatlashtirish 
uchun moʻljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxona) xam nosanoat ob’ektlari (bank 
birja, sugurta kompaniyasi) va ayrim offislar(ofislar tizimlari)ni boshqarishning 
axborot tizimlari kiradi. 
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan (metallurgiya, energetika). 
Xar qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan 
ifodalash mumkin. 


Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi
Qoʻllash soxasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini qayta 
ishlashning deyarli barcha tizimlari taminlash turlari deb ataladigan tarkibiy 
qismlar toʻplamini oʻz ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, xukukiy, axborot 
tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga ajralishi qabul kilingan. 
 Axborot taminoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni 
tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikastiyalashgan 
tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini rastional xolga
keltirishni oʻz ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil kilish buyicha 
uslublar va vositalar yigindisidir. 
 Dasturiy ta’minot - xisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash 
tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. 
 Texnik ta’minot ma’lumotlarini kayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish 
uchun qoʻllanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta 
ishlovchi namunaviy operastiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni oʻz 
ichiga oladi. 
 Xuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funkstiyalashtirishni tartibga 
soluvchi xuquqiy meyorlar yig’indisini oʻzida namoyon etadi. Axborot 
tizimini qayta ishlashning xuquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va 
tayyorlovchi oʻrtasidagi shartnomaviy oʻzaro munosabatlar meyoriy aktlari, 
chetga chiqishlarining xuquqiy tartibga solinishini oʻz ichiga oladi.
 Lingvistik ta’minot inson va EXM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash 
samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish 
va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini
oʻzida namoyon etadi. 
Axborot tizimlarini xayotda qoʻllab qanday natijalar olish mumkin
 Matematik metod va intellektual tizimlarni qoʻllab, boshqarishning optimal 
variantlarini olish. 
 Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling