1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1546381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini 
amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi kompyuter 
axborot tizimidir.
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning 
mahsulot ishlab chiqarish yoʻnalishlarini oʻzgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir 
koʻrsatgani haqida ma’lumotlar koʻpgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib 
chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy 
holatning oʻzgarishi kuzatilgan.
Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan, oʻzining 
raqobatchilariga ega boʻlgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining 
sifatini koʻrib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan oʻzib ketishi 
kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni 
beradi?
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini 
tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir koʻrsatadi: 

bozorda oʻz siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar; 



tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish boʻyicha turli 
imkoniyatlarga ega boʻlgan xaridorlar; 

mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib 
beruvchi ta’minotchilarning narxlar boʻyicha siyosati. 
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda oʻzining siyosatini yuritishi uchun 
quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur: 

bozorda mavjud boʻlgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va 
xizmatlarni yaratish; 

firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va 
xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi 
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish; 

firma oʻzga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat 
qilishidan koʻra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va 
ta’minotchilarni oʻziga biriktirib olishi; 

mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. 
Strategik boʻg‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun 
strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish 
ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning 
tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va 
zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, 
nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion 
qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng soʻnggi 
takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda 
koʻpgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi 
strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy boʻg‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni oʻynaydilar va 
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ 
tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. 
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan koʻp rejalilik, koʻp funksiyaviylik 
sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali 
ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - 
dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yoʻllarini aniqlab olish kerak
soʻng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - 
tashkilot strategik axborot tizimlaridan oʻz maqsadlarini aniqlashda va strategik 
rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki 
nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish 
yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling