1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»
Raqobat strategiyasi tushunchalari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
2. Raqobat strategiyasi tushunchalari
Soʻnggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining koʻp qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan boʻlib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi oʻtgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi boʻlib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur boʻlgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda. Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib borib dunyo boʻyicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan: a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir xonadonga kirib bormoqda; b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va koʻngil ochish, tarmoqda maorif va tarbiya; v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda boʻlishidan qatьiy nazar axborot tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yoʻnalishdagi axborotni toʻliq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda; g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar oʻrtasidagi georgrafik va geosiyosiy chegaralar yoʻqolib borayapti. Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni koʻp mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan oʻzgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yoʻnaltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda koʻproq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi boʻlib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi. Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar boʻlib axborot Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling