rasiga kompyuter yoqilish vaktda avtomatik ravishda yuklanadi.
76. Axborot tushunchasi ,turlari va o’lchov birliklari.
Informatika fanining asosiy tushunchasi - axborotdir. Axborot atrof-muhit ob’yektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari va holatlari to’g’risidagi ma'lumotlardir. Ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, bu ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma'lumotlar, dеb atasa ham bo’ladi. Axborot lotincha informatio so'zidan olingan bo’lib, «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. Axborot keng qamrovli tushuncha bo’lib, unga ko’plab ta’riflar berilgan. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga binoan: Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlardir. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |