1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi
GULXAYRIDOSНLAR OILASI – MALVACEAE
Download 187.74 Kb.
|
2 5330483782216584556
GULXAYRIDOSНLAR OILASI – MALVACEAE
Morfologik ta'rifi. Bu oilaga 90 ga yaqin turkum va 1500 dan ortiq tur kiradi. Ular shimoliy qutbga yaqin mamlakatlardan tashqari hamma erda o‘sadi, issiq mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan. Oila vakillari daraxt-buta goho o‘t o‘simliklardan iborat. Ularning barglari oddiy, uzun bandli, butun yoki panjasimon qirqilgan, navbatlashib joylashgan va yonbargchalidir. Guli ikki jinsli, to‘g‘ri, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, yirik bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida bittadan yoki shoxlarining uchidagi to‘p gulda joylashadi. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarda kosacha barglari ostida 2-5-9 ta bargchadan iborat ostki kosachasi bo‘ladi. Changchilari ko‘p bo‘lib, ikki doirada joylashadi. Odatda, tashqi doiradagi changchilar qisqargan va staminodiylarga (shiradonlarga) aylangan bo‘ladi. Ko‘pincha changchi iplari, qo‘shilib o‘sib, urug‘chi ustunchasini o‘rab olgan naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 3ta yoki undan ko‘proq meva bargchalarining birikishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘p urug‘li ko‘sak yoki mevabarglarining bir-biridan ajralishi natijasida hosil bo‘ladigan buyraksimon yong‘oqchalardan iborat qo‘zoq meva. Ahamiyati. Oilaning xo‘jalikdagi ahamiyati jihatidan eng muhim vakili g‘o‘za o‘simligi hisoblanadi. To‘qimachilik sanoati uchun kerakli jami tola mahsulotining 70-75% paxtadan olinadi. G‘o‘za chigiti tarkibida 18-21 % yog‘ bo‘ladi. Bu yog‘ oziq-ovqat va texnik maqsadlari uchun ishlatiladi. Yog‘i olingan chigitdan chorva mollari uchun yem sifatida kunjara olinadi. Sovun tayyorlanadi. Kanop va dag‘al kanop kabi o‘simliklar ham tola beruvchi o‘simliklar hisoblanib, ulardan turli buyumlar tayyorlanadi. Shuning bilan bir qatorda dorivor va manzarali turlari ham uchraydi. oilaning umumiy gul formulasi: * Ca3(3),(6-10)+5Co5A( )G() Gossypium - g‘o‘za, Althaea – Gulxayri, Malva – Tugmachagul, Abutilon – Dag‘al kanop, Hibiscus cannabinus –Kanop, Hibiscus tr onum – Bo‘ritaroq. Download 187.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling