2. KO‘KNORDOShLAR OILASI - PAPAVERACEAE
Morfologik ta'rifi: Bu oilaga 30 turkum, 700dan ortiq tur kirib, ular Sharqiy Osiyoda, Janubiy va Shimoliy Amerika, O‘rta er dengizi atrofida tarqalgan. Oila vakillari bo‘g‘imli yoki bo‘g‘imsiz, sutli naychalarida sut shiralari bo‘lgan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardir, ba'zan buta va daraxtsimon vakillari ham uchraydi. Barglari ko‘pincha patsimon q’irqilgan, ketma-ket joylashgan, yonbargchasiz. Gulliari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, poyada yakka-yakka joylashgan. Ba'zan simpodial yoki monopodial tipga ega bo‘lgan to‘pgullardan tashkil topgan. Ikki jinsli, kosachabargi 2 ta bo‘lib, guli ochilishi bilan tezda to‘kilib ketadi, gul tojibargi 4 ta, changchisi cheksiz, ba'zan 2-3ta, urug‘chisi 2 yoki bir nechta meva bargli, tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha. Urug‘lari mayda, endospermli.
Ahamiyati. Oilaning ayrim vakillaridagi sut shirasining tarkibida morfin, kodein, papaverin, tabsinga o‘xshash alkoloidlar bor. Ulardan meditsinada dorilar tayyorlanadi. Urug‘ning tarkibida 50% gacha yog‘ to‘planadi. Undan oziq-ovqat tayyorlashda foydalaniladi.
Ko‘knorining gul formulasi : * Ca2Co4A G
Papaver-ko‘knori, Roemeria -qizg‘aldoq, Glaucium-o‘rmon qora.
Do'stlaringiz bilan baham: |