1.TUTDOSНLAR- OILASI -MORACEAE.
Morfologik ta'rifi. Bu oila 75 ta turkum va 1550 turni o‘z ichiga oladi. Ular daraxt, buta ba'zan o‘t o‘simliklardir. Oila vakillari har ikkala yarim sharning tropik, subtropik, ayrimlari mu'tadil iqlim hududlarida tarqalgan. Daraxt va butasimon vakillari sut shirasiga boy bo‘ladi. Barglari oddiy butun yoki bo‘lakli, yon bargchali poya va shoxlarda ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari ko‘rimsiz, bir jinsli, bir yoki ikki uyli, tsimoz to‘pgullarga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, yashil rangda, gulkosasimon bo‘lib 4 ta, ba'zan 2-6 ta bargchadan iborat. Changchilari gulqo‘rg‘on soniga teng. Urug‘chisi ikkita meva bargchadan iborat. Tugunchasi ustki, yoki ostki bir uyali. Mevasi to‘p danakcha yoki yong‘oqchadir.
Ahamiyati: Oilaning tut turkumiga mansub o‘simliklari mevasining tarkibida 80 % gacha qand moddasi va vitaminlar bor. ular oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun oziq hisoblanganligadan, ko‘pgina navlari ekib o‘stiriladi. Anjir o‘simligi mevasi istemol qilinadi, dorivor xususiyatga ega. Uning 1000 ga yaqin turi ma'lum. Oila vakillari meditsinada dori-darmon tayyorlashda foydalaniladi.
Tut- * ♀ P4 A0G(2) * ♂ P4A4G0
Morus -tut: Ficus-anjir: Maclura -maklyura, Morus nigra-shotut. Morus alba-oq tut, baliqtut. Broussonetia pappyrifera -qog‘oz daraxti.
Do'stlaringiz bilan baham: |