1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi
QOVOQDOSНLAR OILASI-CUCURBITACEAE
Download 187.74 Kb.
|
2 5330483782216584556
2.QOVOQDOSНLAR OILASI-CUCURBITACEAE.
Morfologik ta'rifi: Bu oilaning 120 ta turkumi va 1000 ga yaqin turi ma'lum bo‘lib, ular er sharining subtropik mintaqalarida tarqalgan. Oila vakillari bir yillik va ko‘p yillik, o‘rmalab o‘suvchi o‘t o‘simliklar, ba'zan (tropik va subtropik mintaqalarida) liana, buta va kichik daraxtlardir. Poyasi (palaklari) dag‘al tuklar bilan qoplangan ko‘pincha ichi kovak bo‘ladi. Barg qo‘ltig‘idagi gajaklar oddiy yoki murakkab tuzilishga ega. Barglari oddiy, butun,o‘yilgan yoki patsimon qirqilgan, yon bargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari to‘g‘ri, bir yoki ikki uyli o‘simliklar,barg qo‘ltig‘idagi guli yakka yoki to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni murakkab 5 a'zoli. Kosacha barglari o‘zaro qo‘shilgan 5 tishchali.Gultojibarglari ham o‘zaro birikkan qo‘ng‘iroqsimon, kamdan kam erkin holda joylashgan. Changchilari 5 (3) ta shulardan 4 tasi ko‘p turkumlarida ikkitadan juft bo‘lib,qo‘shilib o‘sadi, bittasi erkin qoladi. Urug‘chisi ko‘pincha uchta meva bargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan .Tugunchasi ostki, uch uyali va ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi yirik, soxta, rezavorsimon qovoq meva, yoki ko‘sakcha. Ahamiyati. Qovoqdoshlar oilasining ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida qadimdan ekib o‘stirib kelinayotgan qovun, tarvuz, bodiring, qovoq kabi o‘simliklar inson hayotida katta ahamityaga ega. Ayrimlarining (qozonyuvgich)mevasi tolali bo‘lganligidan machalkalar tayyorlanadi va xonadonlarda qozon yuvgich sifatida ishlatiladi. Uning urug‘i tarkibida 25 –42% yog‘ bo‘ladi.Uni ovqatga ishlatish mumkin. Suvqovoqning mevasini ichi bo‘sh bo‘lganligidan suv tashish va donlar solib qo‘yishda foydalaniladi. Suvqovoqning mayda mevalaridan esa nosdonlar tayyorlanadi. Ekiladigan bodiring; * ♂ Ca(5)Co(5)A(2)+(2)+1; * ♀ Ca(5)Co(5)G (3) Cucumis-bodiring; Melo-qovun; Citrullus-tarvuz; Cucurbita-qovoq; Luffa-qozonyuvgich; Lagenaria-suv qovoq, nos qovoq; Bryonia-tarvuz palak.
Download 187.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling