1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


ZIRADOSНLAR OILASI - APIACEAE


Download 187.74 Kb.
bet10/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

ZIRADOSНLAR OILASI - APIACEAE.

Morfologik ta'rifi: Bu oila 300 ga yaqin turkum va 3000 dan ortiqroq turdan iborat. Ular er sharining hamma qismida, ko‘proq shimoliy qisman janubiy yarim sharning mu'tadil (tog‘lik) hududlarida tarqalgan
Ular asosan ko‘p yillik yoki bir, ikki yillik o‘t,ba'zan chala buta va buta o‘simliklaridir. Poyasi to‘g‘ri, ikki,ko‘p yillik vakillarining bo‘yi 2-4 metrga etadi. Barglari poyada navbatlashib, poyaning pastki qismidagi barglari to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan, bir necha marta patsimon, mayda bo‘lakchalarga bo‘lingan, butun barglar kam uchraydi. Ko‘pchilik turlarida bandining osti kengayib barg qinini hosil qiladi. Yon bargchalari bo‘lmaydi. To‘pguli oddiy yoki murakkab soyabon, ba'zan boshcha. Soyabon va soyabonchalarining tagida to‘pgulni o‘rab olgan bargchalari bo‘ladi. Gullari qo‘sh gulqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, ikki jinsli, ba'zan bir jinsli,bir yoki ikki uylidir. Kosachabarglari 5ta, mayda tishsimon. Gultojibarglari 5 ta erkin o‘sgan.Changchilari 5ta Urug‘chisi 1ta, 2ta mevabargli, tugunchasi ostki, ikki uyali. Mevasi ipsimon meva bandi uchida osilib turuvchi qo‘sh pistacha.

Ahamiyati: Bu oila vakillarining ko‘pchiligi ziravor o‘simliklar hisoblanadi. Ularning tarkibida efir moylar, simola, alkoloidlar uchraydi. Bular parfyumeriya, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatga ega.

Sabzi * Ca5Co5A5G(2).


Daucus-Sabzi; Coriandrum-Kashnich; Apium- Cel'derey; Petroselinum-Petrushka; Bunium- Zira; Anethum-Ukrop (Shivid); Ferulla-Kovrak; Pimpinella- Arpabodiyon; Turgenia, Conium-sacsiq alaf; Mediasia-Alqor.

Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling