1.AYIQTOVONDOSНLAR OILASI – RANUNCULACEAE.
Morfologik ta'rifi: Ayiqtovondoshlar oilasi 50 turkum, 2000 turni birlashtirib, asosan ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar, ba'zan chala butalar yoki lianasimon o‘simliklardan iborat. Oila vakillarining barglari oddiy, bo‘laklarga bo‘lingan, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari to‘g‘ri va noto‘g‘ri, gulqo‘rg‘oni oddiy va qo‘sh gulqo‘rg‘onli ya'ni kosacha va gultojibarglarga ega. Changchi va urug‘chilar soni cheksiz. Tugunchasi ustki. Gul qismlari ketma-ket, xalqasimon bo‘lib joylashgan. Mevasi bargakcha, to‘p bargak, yong‘oqcha ba'zan rezavor meva yoki ko‘sakcha.
Ahamiyati: Bu oila o‘simliklari tarkibida alkaloidlar, glikazidlar, saponinlar bo‘lib, zaharli o‘tlar hisoblanadi. Tibbiyotda ulardan dori tayyorlashda foydalaniladi.
Ayiqtovon: * Ca5Co5A...G
Isfarak Ca5Co(2)A.G1;
Ranunculus-ayiqtovon, Delphinium-isfarak, Aquillegia - akvilegiya, Nigella- sedana, Clematis- ilon cho‘p, Adonis- adonis.
Do'stlaringiz bilan baham: |