1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi
DUKKAKDOSНLAR OILASI-FABACEAE
Download 187.74 Kb.
|
2 5330483782216584556
2.DUKKAKDOSНLAR OILASI-FABACEAE.
Morfologik ta'rifi. Bu oila 500 ga yaqin turkum va 12 ming turni o‘z ichiga oladi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko‘p yillik, ikki yoki bir yillik o‘t o‘simliklari hisoblanib, butun er yuzida tarqalgan. Poyasi tik, o‘rmalovchi va yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va juft patsimon, ba'zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqlari ba'zan shaklini o‘zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri bo‘lib shingil, boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hashoratlar yordamida ba'zan o‘z-o‘zidan changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, kosachabargi 5 ta, ko‘pincha qo‘shilib o‘sgan, tojibargi ham 5 ta. Ustki tojibargi yirikroq bo‘lib, «elkan», yoki «bayroqcha» deyiladi. Ikki yonidagisi «eshkak», Ikkita ostkisi esa, changchilarni o‘rab turgani «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10 ta ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining changchi iplari o‘zaro qo‘shilib o‘sgan. Ba'zi hollarda 10 ta changchining chang iplari hammasi bir biri bilan qo‘shilib ketadi yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham bo‘ladi. Urug‘chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga va kattalikka ega bo‘lgan dukakdir. Dukkagi ko‘pincha qorin va orqa choklari bo‘ylab yoki bosh chokidan bo‘linadigan, ba'zi hollarda bo‘linmay shakllangan yong‘oqsimon bo‘ladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha buyraksimon dumaloq urug‘lar hosil bo‘ladi. Urug‘lari endospermsiz. Ahamiyati. Bu oila vakillarining ildizlari tuganak bakteriyalar bilan birga simbioz holatda yashab, atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham almashlab ekishda keng foydalaniladi. Oilaning bir qancha turlari tarkibida oqsil bo‘lganligi uchun, to’yimli ovqat sifatida ishlatiladi. Ba'zi vakillaridan moy, bo‘yoq va dorilar tayyorlandi. Manzarali o‘simlik sifatida ham ayrim turlari ekib o‘stiriladi. . beda Ca(5)Co1+2+(2)A(9)+1G1 Pisum sativum-ko‘k no‘xot, Cicer arietinum-no‘xot, Phaseolus aureus-mosh, Phaseolus vulgarus- loviya, Arachis hypogaea- eryonog‘oq, Medicago – beda, Alchagi – yantoq, Glycyrrhiza- qizil miya, Trifolium- sebarga, Lathyrus- burchoq, Vicia- boqla, Melilotus- qashqar beda.
Download 187.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling