1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


QOQIDOSНLAR (MURAKKABGULDOSНLAR) OILASI-ASTERACEAE (COMPOSITAE)


Download 187.74 Kb.
bet20/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

QOQIDOSНLAR (MURAKKABGULDOSНLAR) OILASI-ASTERACEAE (COMPOSITAE).
Morfologik ta'rifi; Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning vakillari er yuzining deyarli hamma joyida uchraydi. Oilaning 1000 ga yaqin turkum va 25000 turi ma'lum. Ularning ko‘pchiligi o‘tlar, ba'zan chala buta, kamdan-kam hollarda daraxtsimonlari ham uchraydi. Barglari oddiy, poyaga asosan ketma-ket, ba'zan qarama-qarshi yoki halqa bo‘lib joylashgan. Barg yaprog‘ining shakli har xil yon bargchasiz. Gullari to‘pgulli bo‘lib, savatchada joylashgan. Savatcha sirti bir qator yoki bir necha qator bo‘lib tuzilgan o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha yassi, bo‘rtgan yoki botiq gul o‘rni atrofida hosil bo‘ladi. Gul o‘rni silliq yoki pardasimon, qiltiqli ba'zan tukli bo‘lishi mumkin. Savatchada hosil bo‘lgan gullarni soni bittadan tortib, ba'zan bir nechtagacha boradi. Ular ikki jinsli, bir qismi ayrim jinsli yoki pushtsiz (chanchi va urug‘chilar rivojlanmagan) bo‘ladi. Gulkosacha bargi reduktsiyalanib, oddiy yoki patsimon tuklarga, goxo qiltanoqlarga aylangan.Bular mevada saqlanib qolib, keyinchalik, urug‘larning shamol yordamida tarqalishiga xizmat qiladigan popuk (ukpari) yoki kokillarga aylanadi. Gultojbarglari hamisha tutash holda bo‘lib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ridir.

Changchilari 5ta, chang iplari erkin bo‘lib, chang xaltachalari birikkan holda naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 1ta, ikkita mevabargchadan iborat. Tugunchasi ostki, bir uyali. Mevasi pistacha.

Oila vakillari gultojbarglarining tuzilishiga qarab, 4ta toifaga bo‘linadi.


Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling