1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


BUG‘DOYDOSНLAR, (G‘ALLADOSНLAR) OILASI- POACEAE


Download 187.74 Kb.
bet23/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

BUG‘DOYDOSНLAR, (G‘ALLADOSНLAR) OILASI- POACEAE.
Morfologik ta'rifi. Bug‘doydoshlar oilasi 700 turkum va 7500-10000 turni o‘z ichiga oladi. Ular er yuzining hamma qit'alarida tarqalgan. Bu oilaga bir yillik, ikki va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ba'zan, buta va darxtlar kiradi. Ularning poyasi ingichka, naysimon, bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imlari bo‘rtgan ichi berk, bo‘g‘im oraliqlarining ichi esa bo‘shliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, ba'zan bandli, poyada ketma-ket joylashgan. Ular poyani o‘rab turadigan, naysimon uzun qindan va tasmasimon, nashtarsimon, ba'zan tuxumsimon yoki bigizsimon shaklga ega bo‘lgan barg yaproqlaridan iborat. Barg qinining barg yaprog‘iga o‘tish joyida yupqa pardasimon o‘simta tilcha va 2 ta quloqchasi bor. Tilcha 2 ta yonbargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasiga suv tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Gullari mayda, gulqo‘rg‘onsiz bo‘lib, ular o‘z navbatida boshoq, supurgi, shingil, so‘ta, ro‘vak kabi oddiy va murakkab to‘pgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 tagacha. Ba'zan undan ko‘p ikki jinsli yoki bir jinsli ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil topadi. Ayrim hollarda ularning soni o‘zgarib turishi ham mumkin. Boshoq tangacha barglar boshoqchani o‘rab turganini ostki, o‘ralib turgan ichkarisidagini esa ustki boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin changchi va urug‘chilarni o‘rab turgan gultangacha barglar joylashgan bo‘ladi. Gultangacha barglarning boshoqcha o‘zagidan chiqqan etli va kattarog‘ini ostki,uning qarshisida gul banddan chiqqan kichikrog‘ini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultangacha barglar ichida 1,2,3 ta bo‘lib joylashgan kichkinagina yupqa parda bo‘lib, bu parda o‘zgargan gulqo‘rg‘on, «lodequla» deb ataladi. Lodequlalar tangacha barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning ochilishiga changchi va urug‘chilarning gul ichidan tashqariga chiqib, osilib turishiga imkon beradi. Changchilar asosan 3 ta yoki 6 ta, ba'zan 2 ta ham bo‘lishi mumkin. Urug‘chisi bitta, 2 yoki 3 mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Ustunchasi qisqa, ba'zan o‘tiroq holda bo‘lib, tumshuqchasi 2 ta bo‘lakka bo‘lingan, patsimon tuzilishga ega.

Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug‘ kurtakli. Mevasi quruq don meva.

Bug‘doydoshlar oilasi sistematik jihatdan murakkab bo‘lganligi uchun uni 3 ta oilachaga bo‘lib o‘rganiladi.

1.Bambukdoshchalar- Bambusoideae.

2.Tariqdoshchalar- Panicoideae.

3.Qo‘ng‘irboshdoshchalar-Poaeoideae.

1.Bambukdoshchalar oilachasining vakillari yirik, ko‘p yillik poyasi yog‘ochlangan, daraxtsimon yoki butasimon o‘simliklar bo‘lib, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan.

2.Tariqdoshchalar oilachasining vakillari bir yillik, va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning poyasi ba'zan yog‘ochlanadi. Oddiy boshoqchalari bir gulli, ba'zan ikki gulli, bittasi bir jinsli erkak gul bo‘lib, ikkinchisi ikki jinsli gul.

3.Qo‘ng‘irboshdoshchalar oilachasi vakillarining boshoqcha tangachabargi 2ta bo‘ladi. Boshoqchasi bir gulli yoki ko‘p gulli.




Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling