PIYОZDOSНLAR OILASI-ALLIACEAE.
Morfologik ta'rifi. Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz boshli va maxsus hidli o‘t o‘simlikdir. Ular er sharining hamma qismida, uchraydi. Barglari etli, tasmasimon yoki naychasimon.To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6ta, asosiy qismlari qo‘shilgan. Changchilar 6ta, urug‘chisi 1ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha.
Ahamiyati. Bu oila vakillari, sabzavot o‘simligi sifatida ko‘plab ekib o‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor o‘simlik sifatida keng foydalaniladi.
. Gul formulasini tuzing.
* Р(3)+(3)A3+3G(3)
Allium cepa-oddiy piyoz, osh piyoz, A.sativum- sarimsoq piyoz, A.suvorovii-suvorov piyozi, anzur piyoz, A. Pskemense- Pskom piyozi, tog‘ piyoz, A. Schubertii- cho‘chqa piyoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |