LABGULDOSНLAR OILASI - LAMIACEAE.(LABIATAE).
Morfologik ta'rifi: Bu oila o‘z ichiga 200 dan ortiq turkum va 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular asosan er sharining issiq va mo‘'tadil iqlimli hududlarida tarqalgan bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘t, chala buta, tropik mintaqalarda esa ba'zi vakillari buta va daraxtsimon o‘simliklardir.
Ularning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, poyaga qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo‘q. To‘pgullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan, (dixaziy). Ikki qarama-karshi barg qo‘ltig‘idan chiqqan dixaziy to‘pgullar o‘zaro birlashib xalqa to‘pgul hosil qiladi. Har bir doira to‘pgullar o‘z navbatida boshoq, ro‘vak, shingil, ba'zan kallak to‘pgullarda joylashgan. Gullari asosan noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri, 5 a'zoli qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o‘sgan 5 tishli bo‘ladi. Gultojbarglari 5ta, birikib o‘sib 2 ta labni hosil qiladi.
Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojbargning birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa changchi iplariga ega. Ba'zan changchilari ikkita bo‘lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan bo‘ladi. Changchi iplari gultoji naylariga birikib o‘sgan. Urug‘chisi bitta, ikkita mevabargli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug‘ kurtak orasida juda barvaqt to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada tuguncha 4 bo‘lakchaga ajraladi. Mevasi bir urug‘li 4ta yong‘oqchasimon mevachalarga ajraladigan uvoq meva.
Ahamiyati. Oila vakillari efir moylariga boy bo‘lganligidan parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor o‘simliklar hisoblanib tibbiyotda qo‘llaniladi.
Oilaning umumiy gul formulasini tuzing, Ca(4)-(5) Co(5)A4,2 G(2)
Lamium album –oq lamium, Mentha – yalpiz, Salvia –movrak. Ziziphora –kiyiko‘t, Ocimum –Rayhon, Dracocephalum-bo‘znoch, Origanum –Tog‘rayhon, Melissa-limono‘t, Thymus – Tog‘jambil, Phlomis-qo‘ziquloq, Leonurus – Arslonquloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |