1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


ITUZUMDOSНLAR OILASI - SOLANACEAE


Download 187.74 Kb.
bet17/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

ITUZUMDOSНLAR OILASI - SOLANACEAE.

Morfologik ta'rifi; Ituzumdoshlar oilasi 85 turkum, 2500 ga yaqin turdan iborat bo‘lib, yer sharining mo‘'tadil iqlimli va tropik hududlarida tarqalgan. Ular asosan o‘t o‘simliklar, ba'zan chala buta va kichik daraxtlardir. Barglari oddiy, butun yoki patsimon qirqilgan, yon bargsiz bo‘lib, poyada ketma-ket joylashadi.Gullari yakka-yakka ko‘pincha oddiy yoki murakkab gajak, shingil to‘pgul hosil qilib to‘g‘ri yoki biroz noto‘g‘ri och sariq, pushti, binafsha, oqimtir ko‘k rangli,ikki jinsli, qo‘shgulqo‘rg‘onli. Gulkosa va gultojbarglari 5ta bo‘lib qo‘shilib o‘sgan, gultojisi karnaysimon, qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi.Changchilar 5ta, ko‘pincha changdoni chetlari bilan birlashib urug‘chi ustunchasini va nay hosil qilib o‘rab turadi.

Urug‘chisi bitta ikkita mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchasi ustki, tuguncha atrofida xalqa bo‘lib joylashgan beshta bo‘lakchali shiradoni bor. Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha.



Ahamiyati. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ba'zilari iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib oziq-ovqat sifatida ishlatiladi, ulardan spirt, kraxmal olinadi, ayrimlari sabzavot ekinlari va dorivor, o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.
* Ca(5) Co(5)A5 G(2)
Solanum tuberosum – kartoshka, S.melongena –baqlajon, S.nigrum- qora ituzum, Lycopersicum –pomidor, Nicotiana- tamaki. Capsicum-garmdori, Hyoscyamus-ming devona, Datura-bangidevona, Physalis-paq-paq.

Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling