1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


TOLDOSНLAR – OILASI - SALICACEAE


Download 187.74 Kb.
bet15/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

.TOLDOSНLAR – OILASI - SALICACEAE

Morfologik ta'rifi: Toldoshlar oilasiga 3 turkum va 400 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan shimoliy yarim sharning mu'tadil va sovuq iqlimli mintaqalarida o‘sadi.

Barglari oddiy, yonbargchachali poyada ketma-ket joylashgan. Gullari boshoq yoki kuchala to‘pgulda joylashgan.Gulqo‘rg‘oni rivojlanmagan, ayrim jinsli, ikki uyli o‘simlikdir. Changchisi ikkita yoki ko‘pdir. Urug‘chisi ikkita mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali, ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi ko‘sakcha. Tol turkumiga kiruvchi o‘simliklarning kurtaklari bittadan tangacha bargga ega, ular barg chiqarmasdan oldin gullaydi. Terak kurtaklari bir necha tangacha barglardan iborat bo‘lib, ular yopishqoq holida bo‘ladi.



Ahamiyati: Oilaning tol, terak turkumlaridan xalq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Tolning yog‘ochidan har xil buyumlar yasaladi, shuningdek, ulardan qurilish materiallari tayyorlanadi. Ingichka va egiluvchan novadalaridan savat to‘qiladi. Terak ham qurilish materiali sifatida xo‘jalikda ko‘p ishlatiladi. Bulardan tashqari manzarali o‘simlik sifatida ham shahar va qishloqlarda ariq bo‘ylariga ko‘plab ekib o‘stiriladi.
Tolning gul formulasini tuzing:  P0A2G0 : P0A0G(2)

Salix alba-oq tol, S.excelsa-Qora tol, S. babylonica-majnun tol, Populus nigra-qora terak, P.alba-oq terak, P. bachofenii-ko‘k terak, P.densa- baqa terak.



Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling