1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш


Download 62.88 Kb.
bet19/45
Sana21.11.2021
Hajmi62.88 Kb.
#176281
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
навбахор

20. Orqa miya fuksiyasi.

ORQA MIYA


Orqa miya MNT ning filogenetik eng qadimiy qismi. U organizmning barcha
murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-oyoqterisidagi eksteroretseptorlardan, proprioretseptorlardan va deyarli barcha
visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridantashqari barcha skelet muskullarini nervlaydi

Organizmdagi behisob harakatreaksiyalari orqa miyaning reflektor


faoliyati natijasidir. Bureflekslarning markazlari orqa
miyada joylashgan. Ba'zi reflektorharakatlarning markazlari miyaning
yuqori qismida joylashgan.Ana shu reflekslarning yuzaga
chiqishida orqa miya afferentimpulslarni retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdanmuskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya ikkita asosiy faoliyatni – reflektor va
o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Shuningdek orqa miyada simpatik vaparasimpatiknerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini bboshqarishda, ichkimuhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8 ta bo'yin,12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1-3 ta dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juftoldingi va 31 juft orqa ildizlari bor. Oldingi ildizlarda markazdan qochuvchi efferenttolalar, orqa ildizlarda esa markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch.Bell va
F.Majandi orqa miyaning orqa va oldingi ildizlarida afferent va efferent tolalarningqonuniy ravishda taqsimlanishini kashf etishgan.
Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyerli ikki marta ko'p.
Orqa miyadagi 13 millionga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent neyronlar, qolgan97% oraliq yoki interneyronlardir. Afferent neyronlarning tanalari MNT dan tashqaridajoylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga beradigan neyronlarning tanalari spinaltugunlarda, ichki a'zolarning sezgilarini ta'minlaydigan neyronlarning tanalari esavegetativ nerv tizimining ekstra- va intramural tugunlarida joylashgan.Afferent neyronning bitta o'simtasi bo'lib, somadan sal uzoqlashgach ikkita shohgabo'linadi. Biri retseptordan qo'zg'alishni somaga, ikkinchisi esa impulslarni hujayratanasidan orqa yoki bosh miyadagi neyronlarga yetkazadi. Qo'zg'alishni o'tkazishtezligiga, yo'g'onligiga ko'ra bu tolalarni A, B va C guruhlariga kiritish mumkin

21.orqa miya reflekslari.

ORQA MIYANING REFLEKTOR FAOLIYATI
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo'lsa, ikkinchidan pastdan tepagava tepadan pastga o'tadigan bir talay yo'llarning yig'indisi hisoblanadi. Shunga ko'ra,uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatga va o'tkazuvchi yo'l faoliyatigabo'ladilar.Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. U deyarli barcha harakatreflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan tashqari),siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to'g'ri ichak faoliyati, haroratning barqarorligini saqlabturish va modda almashinuvini boshqarish, ko'pchilik qon tomirlarning tonusini saqlashbilan bog'liq bo'lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini, tanaqismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o'tirish, tik turishni (vaziyatni)ta'minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati to'g'risida ma'lumot olish uchun 2-jadvalgaqarang.Yuqorida ko'rsatilgan spinal reflekslar sun'iy yo'l bilan hosil qilinadi. Masalan,paylarga ta'sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi. Ammo tabiiysharoitda pay (cho'zilish) reflekslari o'ziga xos tarzda sodir bo'ladi. Odam tik turgandayerning tortish kuchi oyoqlarni tizza bo'gimlarida bukishga qaratiladi. Natijada sonningto'rt boshli muskuli sal cho'ziladi, taranglashadi. Muskul cho'zilib, proprioretseptorlarni(muskul duklarini) qo'zg'atadi va ulardan orqa miyaga borgan impulslar to'rt boshlimuskulni qisqartiradi. Bu esa oyoqlarni gavda og'irligidan bukilishiga yo'l qo'ymaydi.Tana qismlarining ma'lum holatini ta'minlovchi vaziyat reflekslari orqa miyareflekslarining katta guruhini tashkil qiladi. Bulardan bo'yin-tonik reflekslari kattaahamiyatga ega. Ular miya stvolining boshqa qismlari boshqaradigan tonik reflekslarbilab chambarchas bog'liq. Vaziyat va tonik reflekslarga keyinroq yana qaytamiz. Orqa
miyaning visseral reflekslari ichki a'zolar faoliyati bobida bayon qilinadi.


Download 62.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling