15«Асаб маркази» тушунчаси.
16. Асаб марказларининг хоссалари.
Oddiy neyronlar zanjirida ro‘y beradigan hodisa va jarayonlarni nerv markazida hamkuzatish mumkin. Bularga divergensiya, konvergensiya, summatsiya va boshqalar kiradi.Nerv markazlarining o‘ziga xos xossalari ham bor. Ulardan ba‘zilarini ko‘rib chiqamiz.
Qo’zg’alishni bir tomonga o’tkazish. Efferent neyrondan qo‘zg‘alish hech qachon afferentneyronga o‘tmaydi. Bunga quyidagi tajriba isbot bo`lishi mumkin. Baqa orqamiyasining bir segmentini ajratib olarniz. Bu segment bir juft orqa va bbir juft oldingiildizlarga ega. Oldingi ildizlar efferent, orqa ildizlar esa afferent tolalardan iborat.Oldingi ildizda qayd qiluvchi elektrodlar o‘rnatib, ossillografga ulanadi. Orqa ildizga esata‘sirlovchi elektrod o‘rnatiladi. Orqa ildizga elektr toki bilan ta‘sir qilsak, ossillografoldingi ildizda impulslar qayd qiladi. Agar elektrodlar o‘rnini almashtirib, tajribatakrorlansa, orqa ildizda impulslar qayd qilinmaydi. Buning sababi shundaki, neyronlarnirefleks yoyiga ulab turgan kimyoviy sinapslar qo‘zg‘alishni faqat bir tomonlarna,presinaptik membranadan postsinaptik membranaga o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |