39 Рефрактсия аномалиялари Erkaklarning 8% ida rang ko'rishning ma‘lum nuqsonlari uchraydi.Bu nuqsonlar to‘r pardada bitta, ikkita yoki uchta turdagi kolbachalarning yo'qligi natijasida kelib chiqadi. Qisman rang ko'rlikning uch xili tafovut qilinadi, Ba‘zi odamlar qizil rangni ko'rmaydilar. Bunday protanopiklarga («qizil ko‘rlarga») havorang nurlar rangsiz bo`lib ko‘rinadi. Deyteranopiyaga uchragan shaxslar («yashilko‘rlar») yashilni to'q qizil va havorangdan ajrata olmaydilar. Tritanopiyada odam havo rang va binafsha rangni ko‘rmaydi.
Rang ko‘rishning bu nuqsonlarini uch komponentli nazariya asosida tushunish oson. Ularning har biri to‘r pardada uch turdagi kolbachalarning bittasi bo'lmasligiga bog‘liq. Protanopik, deyteranopiya va tritanopiklar rangni saqlanib qolgan ikki turdagi kolbachalar yordamida ko'radilar.Toiiq rang ko‘rlik — axromaziya — ham uchraydi, Bunday nuqsoni bor odamlarda uchchala turdagi kolbachalar bo'lmaydi yoki shikastlangan bo`ladi. Ular yorug‘ dunyoni oq-qora tasvirda ko‘radilar.
Rang ko‘rlik erkaklarning toq x-xromosomasida malum genlar yo‘qligi natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |